O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 204.47 Kb.
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi204.47 Kb.
#1371780
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi uslubiy qo\'llanma


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

TASDIQLAYMAN”


O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
____________S.Mexmonov
2022 yil “__”________

BUХGАLTЕRIYA HISОBI” KAFEDRASI
KURS ISHI YOZISH BO’YICHA
USLUBIY KOʻRSATMA


(5230900 Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi uchun)


Toshkent 2022
Tuzuvchilar: Imamova N.M., Kilicheva F.B. KURS ISHI YOZISH BO’YICHA USLUBIY KOʻRSATMA (5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi uchun) – T.: TMI, 2022 y.

Taqrizchilar:

Abdusalomova N. TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, DSc. prof. (turdosh OTM);
Xalilov Sh. TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dots. v.b., PhD.



Mazkur uslubiy ko’rsatma “Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi talabalari tomonidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish jarayonida uslubiy jihatdan yordam beradi. Davlat ta’lim standartlarida bakalavr bosqichi talabalari “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi fanlari bo’yicha talab etilgan bilimlarga ega bo’lish va kasbiy vazifani bajarishni nazariy o’rganish maqsadida kurs ishi yozishi belgilangan. Uslubiy ko’rsatmada kurs ishi mavzularini tanlash, adabiyotlar bilan tanishish, kurs ishini yozish, ularni rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonlari batafsil bayon etilgan.


Umumiy uslubiy ko’rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr', PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”, 1017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarida buxgalteriya hisobini chuqur o‘rgatishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan va bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’etlarda buхgаltеriya hisоbining o‘rni va ahamiyati, buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari, buxgalteriya hisobining schetlar tizimi, hujjatlashtirish va inventarizasiya, buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari, buxgalteriya balansi, pul mablag‘lari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, tovar-moddiy zahiralar hisobi, investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi, hisobotlarni tuzish va taqdim etish, uning me'yoriy tartibga solinishi, daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda hozirgi kunda buxgalteriya hisobining rivojlanish tendensiyasi ustuvor vazifalari masalalarini qamraydi.
Jumladan, talabalarning buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi fanlarini chuqur o‘rganishi xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va oqilona yuritish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi talabalari davlat ta’lim standartlari talablari asosida yo’nalish fanlaridan kurs ishi tayyorlashlari va himoya qilishlari ko’zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida fan yonalishlari bo’yicha kurs ishi yozish bitiruv malakaviy ishini bajarishdan oldingi muhim bir tayyorlanish bosqichlaridan biridir. Kurs ishi yozishdan maqsad quyidagilardan iborat:
– magistrlarning buxgalteriya hisobi tizimini o’rganishi uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy va o’quv adabiyotlarni izlab topishi, o’rganib chiqish hamda ularni jamlab xulosa qilish;
– mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish;
– amaliy materiallarni iqtisodiy tahlil qilish va ularga ilmiy xulosa berish borasidagi malakasini oshirish;
– faktlar asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish;
– dolzarb mavzularga taalluqli yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan foydalanish;
– ilmiy malakaviy ishlarni yozishga tayyorlash.
Bakalavr mutaxassisligi talabalari fanlar bo’yicha egallagan bilim va ko’nikmalarini, mavzular doirasida ularda shakllangan mustaqil fikr mulohazalarini bildirish hamda tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosani bayon etishi maqsadida kurs ishlarini yozishi va muvaffaqiyatli himoya qilishlari belgilangan. Talabalar tomonidan kurs ishlarini yozish va muvaffaqiyatli himoya qilish bu o’tilgan fanlardan egallagan bilim darajalarini namoyon etish shakllaridan biri hisoblanib, kurs ishini yozish davomida talabalar o’zlari egallagan nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, tanlagan sohasi bo’yicha amaliyotda erishilayotgan tajribalar bilan tanishish, shuningdek, magistrlik dissertasiyalarini yozishga tayyorgarlik ko’rish uchun dasturul amal bo’lib xizmat qilishi mumkin. Talaba tomonidan kurs ishini yozish va maxsus belgilangan komissiya a’zolari oldida himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’linadi:

Download 204.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling