O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 0.83 Mb.
|
kurs ish qullanma
MUNDARIJA
9. Kurs ishi mаvzulаri Error: Reference source not found3 Kirish Axborot tizimlarini ishlab chiqish iqtisodiy jarayonlarning samaradorligini oshirishiga xizmat qiladi. Kurs ishi talaba tomonidan Axborot tizimlari va texnologiyalari (moliya-bank tizimida) o ‘rganishning birinchi kursning ikkinchi smestrida amalga oshiriladi. Kurs ishi bajarish davomida bo ‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyati bilan bog ‘liq murakkab muammolarni hal qilishda olingan bilim va ko ‘nikmalarni qo ‘llash uchun treninglar o ‘tkaziladi. Kurs ishining maqsadi - masalalarni yechish uchun hisoblash usullarini qo ‘llab, dastur algoritmini tuzish va yuqori bosqichli algoritmik tillardan birida dasturiy vositani yaratish; dustur tuzishning bosqichlarini urganish, dasturlash usullarini tanlab, ulardan samaralisini ko ‘rsatish; natijalarni taqqoslash va kerakli xulosalar chiqarish; misol va masalalar yechishga amaliy ko ‘nikmalar hosil qilishdir. Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba tegishli fandan olgan nazariy bilimlarini mustaqil ravishda maxsus adabiyotlardan olingan, algoritm, dasturlashni o‘rganish asosida to‘plangan ma‘lumotlar bilan kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi. Shuningdek, internet resurs manbalaridan olingan ma ‘lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi. Ushbu o‘quv fаni bo‘yichа tаlаbаning mustаqil ishi mа‘ruzаlаr kоnspеkti vа tаvsiya etilgаn аdаbiyotlаr hаmdа dаvriy jurnаllаr vа Intеrnеt mаtеriаllаri bilаn ishlаshni, аmаliyot ishlаrini o‘tishgа tаyyorgаrlik ko‘rishni, rеfеrаtlаr yozishni, kurs lоyihаsigа ijоdiy yondаshib, stаndаrt tаlаblаrigа mоs rаvishdа vа hisоblаsh tехnikаsidаn fоydаlаnib mustаqil ish bаjаrishni o‘z ichigа оlаdi. Kurs ishini bajarishda qo‘yilgan amalaliy masalani yechish uchun zamonaviy hisob usullaridan va dasturiy vositalar (C++, Python, Java, C# va boshqa) dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni izchil o‘rganish, muammoning holatini tahlil qilish va masalani yechishning mukammal va zamonaviy hisob usulini tanlash zarur. Bu kurs ishini bajarish jarayonida talaba murakkab ilmiy tadqiqotlar muammolarini hal qilishga bir qadar tayorgarlik bosqichidan o‘tadi va kurs ishida bajarilgan ishlar bitiriv ma‘lakaviy ishiga asos bo ‘lib xizmat qiladi. Mazkur qo‘llanma oliy ta‘limning tegishli bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan, ushbu yo‘nalishlarning asosiy fanlari qatoridagi Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish texnologiyalari fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha tavsiyalar va tartib qoidalarni o‘z ichiga oladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling