O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.83 Mb.
bet4/15
Sana02.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1420848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ish qullanma

2. KURS ISHI MAVZUSINI TANLASH
«Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish texnologiyasi» fani bo‘yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko‘rsatmada tavsiya sifatida keltirilgan mavzular ro‘yxatidan tanlab olinishi mumkin. Shuningdek, kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ro‘yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun tanlanishi mumkin. Ayrim hollarda talaba tomonidan taklif etilgan mavzuni kurs ishiga rahbar etib tayinlangan pedagog-xodim va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda, kurs ishi mavzulari ro‘yxatiga kirmagan mavzuni tanlashi (agar bunga asos bo‘lsa) mumkin.
Odatda, kurs ishlari mavzulari ro‘yxatidagi mavzular soni akademik guruhdagi talabalar sonidan ikki barobar ortiq bo‘ladi va bu holat talabalarning mavzularni tanlash imkoniyatini kengaytiradi. Shu sababli bir akademik guruhdan bir necha talaba bitta mavzuni tanlamagani maqsadga muvofiq.
Kurs ishi mavzusini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega, u yoki bu mavzuni tanlab olish tasodifiy bo‘lmasligi lozim. Ayrim talabalar mavzu tanlashdek muhim bosqichga jiddiy yondashmaydilar va tasodifiy biror mavzuni tanlaydilar, bir qancha vaqt o‘tgach esa qator qiyinchiliklarga uchrab hamda qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, so‘ng kafedraga mavzuni o‘zgartirishni so ‘rab murojaat qiladilar. Shuningdek, ba‘zi talabalar tasodifiy tanlangan mavzu ustida yuzaki ishlaydilar, ilmiy jihatdan izlanmaydilar. Bunday sovuqqonlik va loqaydlikdan, e‘tiborsizlik va sustkashlikdan umumiy ish faqat zarar ko‘radi, kurs ishini bajarishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi.
Har bir talaba mavzuni tanlashga u yoki bu mavzuga ilmiy va amaliy qiziqishlarini, ilmiy to‘garaklarda olib borilgan izlanishlarini hisobga olib, maxsus o‘quv adabiyotlari bilan tanishuvi yoki oliy ta ‘lim muassasasigacha orttirgan ish tajribasiga tayangan holda yondashgani ma ‘qul.
Bundan tashqari, kurs ishi mavzusini talaba kelgusida bajarajak bitiruv-malakaviy ishining mavzusi va yo‘nalishini hisobga olgan holda tanlagani maqsadga muvofiq, chunki kurs ishi, ma‘lum ma‘noda, malakaviy ishda ko‘tariladigan masala va muammolarning nazariy asosini tashkil qiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqish sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan “Dasturiy ta ‘minotni ishlab chiqish texnologiyasi” fani predmeti doirasida bo‘lishiga e‘tibor qaratiladi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling