O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
TANLANGAN MAVZU BO‘YICHA O‘QUV ADABIYOTLARI
Download 0.83 Mb.
|
kurs ish qullanma
3. TANLANGAN MAVZU BO‘YICHA O‘QUV ADABIYOTLARI
BILAN DASTLABKI TANISHISH Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak. • kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish; • mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish; • talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish; • talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish; • kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish; • talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi. Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: • kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi; • ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko‘mak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi; • reja bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi; • kurs ishiga taqriz berishi. Tanlangan mavzu bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan dastlabki tanishish bosqichi, avvalo, kurs ishining rejasini tuzish va yoritilajak savollarning qamrovini belgilab olish uchun muhim. Kurs ishi rejasi uning yo ‘nalishi va maqsadlarini aks ettirishi kerak. Shu sababli talaba rejani tuzishdan avval kurs ishining muhim savollarini belgilab olish maqsadida asosiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, davriy nashrlarda chop etilgan maqolalar, amaliyotda qo ‘llanilayotgan me‘yoriy - huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqib, mavzuning ham nazariy, ham amaliy tomonlarini aniqlab oladi. O‘quv adabiyoti bilan ishlash – talabaning mustaqil faoliyati bo‘lib, bu faoliyat kutubxonalar va axborot-resurs markazlarining (ARM) kartotekalari va bibliografik ma‘lumotnomalarini o‘rganishdan boshlanadi. Bu borada ARMda mavjud adabiyotlarni bilimlarning ma‘lum tarmoqlari va sohalari bo‘yicha guruhlovchi predmet-alfavit katalogi, elektron darsliklar bo‘yicha ma ‘lumotlar bazasi, Internet resurs manbalaridan olingan ma‘lumotlar yaqindan yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, ARMlarda fanning yo ‘nalishiga oid bo‘lgan ko‘plab maxsus jurnallar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarning maqola va tezislari to‘plamlari, fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar va ma‘ruza matnlari, shuningdek, fanlardan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar mavjud. Ular bilan yaqindan tanishish ham rejani tuzishda amaliy yordam berishi mumkin. Bundan tashqari adabiyotlar bilan ishlashda adaboyotlar internet tarmog‘idan olingan bulsa uning elektron manzili ko‘satilishi shart. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling