O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
KURS ISHI HIMOYASINING UMUMIY TALABLARI
Download 0.83 Mb.
|
kurs ish qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISH MАVZULАRI
7. KURS ISHI HIMOYASINING UMUMIY TALABLARI
Kurs ishini qabul qilish semestr yakuniy nazoratlari boshlanishiga 2 hafta qolganda amalga oshiriladi. Himoya belgilangan muddatgacha tayyor bo‘lgan kurs ishini dastlab uning rahbari ko‘zdan kechiradi, unga taqriz yozadi, bunda kurs ishining yutuqlari va kamchiliklariga e‘toborni qaratib, uni dastlabki ball bilan baholaydi. Agar ishda kamchiliklar aniqlansa u talabaga qayta ishlash uchun qaytariladi. Muvaffaqiyatli bajarilgan deb hisoblangan kurs ishlari himoyaga tavsiya etiladi. Yozib tugatilgan kurs ishi kafedra tomonidan belgilangan muddat ichida kafedrada ro‘yxatga olish yo‘li bilan qayd etilgandan so‘ng, 3 kun muddat ichida tanishib chiqish va taqriz berish uchun kurs ishi rahbariga (yoki pedagog-xodimlarning o‘quv yuklamasi doirasida boshqa o‘qituvchiga) beriladi. Kurs ishiga yozilgan taqrizda quyidagilar qayd etilishi zarur: kurs ishi mavzusining dolzarbligi va ko‘rilgan savollarning o‘rinliligi; kurs ishining nazariy saviyasi va ilmiylik darajasi; adabiyotlardan foydalanilganlik darajasi hamda to‘plangan materiallarni mustaqil izlanishlar asosida mantiqiy izchillikda bayon qilinganligi; muallifning ishda keltirilgan raqamli ma‘lumotlarni tahlil qilish qobiliyati, xulosalarni bayon qilish saviyasi; kurs ishi himoyasigacha amalga oshirish lozim bo‘lgan tavsiyalar; kurs ishining dastlabki bahosi va himoyaga qo‘yilganligi haqidagi yakuniy xulosa (“himoyaga tavsiya etiladi” yoki “himoyaga tavsiya etilmaydi” shaklida). Kurs ishi himoyasi kafedra tomonida tuzilgan komissiya qoshida himoya qilinadi, bunda uning rahbari ishtirok etishi lozim. Agar rahbar biror uzurli sababga ko‘ra ishtirok etmagan taqdirda uning yozma taqrizi inobatga olinadi. Kurs ishi himoyasi paytida talaba o‘z ishining yutuqlarini va o‘zining ijobiy fikrlarini himoya qilishi, kafedra o‘qituv-chilari tomonidan berilgan savollarga va boshqa ishtirokchilarning e‘tirozlariga javob berishi lozim. Kurs ishini himoya qilishda quyidagilarga etibor beriladi: o‘rganilayotgan va hisoblanayotgan tadqiqot ob‘yekti (masalan, konceptual modeli yoki strukturasi) modelini tuza bilish; asosiy dasturiy kodni tuza bilish; masalani yechish usul (usullar)ining originalligi; hisob natijalarining tahlili; grafiklar, jadvallar, epyuralar va hokazo shakllar bilan natijalarni tasvirlay bilish; olingan natijalardan ilmiy xulosa chiqarish; asosiy atamalarning ta‘rifini aytib bera olish; asosiy adabiyotlar bilan tanishish. Kurs ishini baholashda kafedra o‘qituvchilari tomonidan qilingan dastlabki baholash; ma‘ruza; nazariy manbalar tahlili; usul, model va tuzilmani tanlay bilishi va asoslay olishi; dastlabki ma ‘lumotlar va hisob algoritmini tushuntira bilishi; qo ‘yilgan masalaning kompyuterda qay darajada yechilganligi; natijalar tahlili; savol-javoblar; talabaning umumiy bilimi; ishni bajarish jarayonidagi faolligi hamda reyting talablari e ‘tiborga olinadi. Kurs ishi bahosi talabaning baholashlar daftarchasiga qo ‘yiladi va uning rahbari tomonidan imzolanadi. Himoya qilingan kurs ishi kafedrada 3 yil davomida saqlanadi. 8. KURS ISH MАVZULАRI Iqtisodiy axborot tizimlarida platforma texnologiyasi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun axborot quyi tizimini ishlab chiqish; Dasturiy ta ‘minot ishlab chiqish jarayonlari tahlili; "Bank - modul" kredit kalkulyatori "" axborot tizimini loyihalash. Xodimlarni hisobga olish tizimining axborot quyi tizimini ishlab chiqish Dasturiy ta ‘minot ishlab chiqish uchun talablarni shakllantirish va ularning tahlili; O ‘quv rejasiga muvofiq ish dasturini yaratish va to ‘ldirish uchun axborot tizimini ishlab chiqish Dasturiy ta ‘minot ishlab chiqish modellari va texnologiyalari Dasturiy ta ‘minot arxitekturasini ishlab chiqish Dasturiy ta ‘minotni testlash usullari Dasturiy ta ‘minot ishlab chiqish va testlash bo ‘yicha standartlar tahlili Foydalanuvchi va tizim talablari Funktsiyanal talablar No-funktsional bo ‘lmagan talablar Domen talablari (Domain Requirements) Dasturiy ta ‘minot talablar hujjati (Software Requirements Document) Klass diagrammalari Holatlar diagrammalari Grafik modellardan foydalanish (Use of graphical models) Kontekst modellar (Context models) O ‘zaro munosabat modeli (Interaction models) Strukturali modellar (Structural models) Fel-atvor modeli (Behavioral models) The Model-View-Controller (MVC) shabloni Sathli arxitektura shablonlari Arxiv shablonlar Klient-server arxitekturasi Kanal va filter arxitekturasi Ilova arxitekturasi Ахbоrоt хаfsizligini tа ‘minlаsh usullаri ILOVA Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling