O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
 
3.3. Hayotning kutilayotgan davomiyligi indeksi yordamida uzoq 
va soglom turmush imkoniyatlarini baholash 
Inson taraqqiyoti indeksi integral indeks bo‘lib, uni aniqlash 
uchun o‘rtacha kichik indekslarni hisoblash zarur. Inson taraqqiyoti 
indeksini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
,  
Ya’ni, inson taraqqiyoti indeksini aniqlash uchun uch 
subindeksning o‘rtacha geometrik o‘lchamini hisoblash zarur:
1) Kutilayotgan umr davomiyligi (Life expectancy index, LEI).
2) Ta’lim indeksi (Education index, EI). 
3) Turmush darajasi indeksi (Gross national income index
GNII). 
Inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi ikki bosqichdan 
iborat: 
1) Har bir o‘lchov uchun subindekslarni hisoblash. 
2) Inson taraqqiyoti indeksini hisoblash uchun subindekslarni 
agregatlash.
1-bosqich. Har bir o‘lchov uchun subindekslarni hisoblash. 
Ko‘rsatkichlarni 0 dan 1 gacha shkalali indekslarga o‘zgartirish 
maqsadida minimal va maksimal belgilar (yoki maqsadli mo‘ljallar) 
o‘rnatiladi. Agregatlash uchun o‘rtacha geometrik o‘lchamdan 
foydalanilgani tufayli maksimal belgi istalgan ikki mamlakat yoki vaqt 
davrlari o‘rtasidagi (foizda) qiyoslovga ta’sir qilmaydi. Maksimal 
3
t
t
t
t
GNII
EI
LEI
HDI





37 
belgilar 1980-2010-yillarda mamlakat indikatorlarining haqiqatda 
kuzatilayotgan yuqori belgilariga qo‘yiladi.
O‘sish minimal darajalarga nisbatan o‘lchanib, ular jamiyatga 
ma’lum davrda saqlanib qolish uchun zarur. Quyidagi minimal belgilar 
o‘rnatilgan: tug’ilishda kutilayotgan umr davomiyligi uchun – 20 yil, 
ta’lim sohasida ikkala o‘zgaruvchi uchun – 0 va aholi jon boshiga 
yalpi milliy daromad uchun – 163 AQSH dollari.
Minimal ta’lim darajasi haqidagi tasavvur jamiyatlar rasmiy 
ta’limsiz mavjud bo‘lishi mumkinligi bilan ma’qullanadi. 163 AQSH 
dollardan iborat yashash uchun zarur asosiy daromad darajasi – 
mavjud tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha biror-bir mamlakatda erishilgan 
kuniga 45 sentga ekvivalent eng kam belgi (Zimbabve, 2008-y.), bu 
Jahon banki tomonidan o‘rnatilgan kuniga 1,25 AQSH doll.ga teng 
kambag‘allik chegarasidan 1/3 marta ortiq.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling