O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
-bob. INSON TARAQQIYOTI INDEKSI VA UNI
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
3-bob. INSON TARAQQIYOTI INDEKSI VA UNI
O‘LCHASH USULLARI 3.1. Inson taraqqiyoti mezonlari va indikatorlari 3.2. Inson taraqqiyotining uchta o‘lchami: uzoq yashash, ziyolilik va moddiy farovonlik 3.3. Hayotning kutilgan davomiyligi indeksi yordamida uzoq va sog‘lom turmush imkoniyatlarini baholash 3.4. Ta’lim olishning integral indeksini hisoblab chiqish orqali bilim olish imkoniyatini baholash 3.5. Xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha YaIMni hisoblash usullari 3.1. Inson taraqqiyoti mezonlari va indikatorlari Jahondagi turli mamlakatlarda turmush sifatini baholash uchun pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul-Haq 11 boshchiligidagi BMT ekspert- lar guruhi tomonidan integral ko‘rsatkich – Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) ishlab chiqildi. Bu o‘rinda mazkur indeksning konseptual tarkibi Amartiya San izlanishlari natijasi asosida yaratilganligini ta’kidlash kerak. Mahbub ul-Haqning ta’kidlashicha, “Insonni rivojlantirish konsep- siyasi bugungi kunda eng yaxlit rivojlanish modeli hisoblanadi. U iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy investitsiyalar, odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, asosiy ehtiyojlarni qondirish va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, siyosiy va madaniy erkinliklar hamda inson hayoti barcha boshqa sohalarini qamrab oladigan rivojlanishning barcha masalalarini mujassamlashtirgan. Inson taraqqiyoti indeksi har yili turli mamlakatlarda turmush darajasi, savodxonlik, ta’lim, umr ko‘rish davomiyligi kabi inson salohiyatining asosiy xususiyatlarini o‘lchash va taqqoslash uchun har yili hisoblab chiqiladi. U turli mamlakatlar va mintaqalar turmush darajasi o‘rtasidagi umumiy farqlarni aniqlashda standart va vosita 11 Mahbub ul-Haq (1934-1996) – pokistonlik buyuk iqtisodchi, Insonni rivojlantirish ma’ruzasining asochisi, “Iqtisodiy rejalashtirish strategiyasi”, “Insonni rivojlantirish to‘g‘risida mulohazalar”, “Rivojlantirish maqsadlarida hamkorlik uchun yangi asoslar” asarlarining muallifi. 33 vazifasini o‘taydi. Mazkur indeks BMTning Rivojlanish dasturi doira- sida inson salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobotlarda e’lon qilinadi. ITIni hisoblab chiqishda ko‘rsatkichlarning uch turi hisobga olinadi: - inson tug‘ilgan paytda kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish; - ta’lim olishning o‘rtacha davomiyligi va ta’lim olishning kuti- layotgan davomiyligi; - munosib turmush darajasi. Bu aholi jon boshiga yalpi milliy daromadning xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha AQSh dollarida baholanadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling