O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Inson taraqqiyoti konsepsiyasining yuzaga kelishi va
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
2.5. Inson taraqqiyoti konsepsiyasining yuzaga kelishi va
shakllanishi Inson taraqqiyoti konsepsiyaga ko‘ra, jamiyat rivojlanishi markazida faqatgina oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki avvalo inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning 28 samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengay- tirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. Bir qarashda bularning barchasi – o‘z-o‘zidan ravshan, oddiy haqiqat va hammaga ma’lum fikrlar bo‘lib tuyulishi mumkin. Zero, hatto qadimgi antik davr mutafakkirlari ham qayd etganidek: “Boylik biz intilayotgan asl maqsadimiz emasligi aniqdir, u shunchaki foydali va o‘zga narsaga erishish uchun xizmat qiladi” (Aristotel). Nima sababdan insoniyat asl maqsad va taraqqiyot mezoni inson ekanligini tushunish uchun bunchalik uzoq yo‘l bosdi? Dunyoda 836 million kishi hanuzgacha o‘ta qashshoqlikda yashab kelmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi deyarli har beshinchi odam kuniga 1,25 dollardan kam mablag‘ bilan hayot kechiradi. Dunyoda 5 yoshgacha davrdagi har to‘rtinchi bolaning bo‘yi me’yordan past. 800 milliondan ortiq kishi o‘ta qashshoqlikda yashamoqda va eng zarur hayotiy ehtiyojlar, masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv zaxiralaridan foydalanish va sanitariyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda 10 . Gap shunda bo‘lsa kerakki, Inson taraqqiyoti konsepsiyasining mualliflaridan biri Mahbub ul-Haq ta’kidlaganidek, “o‘z-o‘zidan ravshan narsa – bu, ba’zan ko‘ra bilish, eng mushkul bo‘lgan narsadir”. Bundan tashqari, insoniyat avvalgi davrlarda insonning imkoniyatlarini kengaytirish masalasini amaliy hal etishga qodir emas edi. Bu hol buning uchun zarur shart-sharoit vujudga kelgandagina, ya’ni – ilmiy-texnik taraqqiyotning inqilobiy rivojlanishi va inson bunyodkorlik salohiyatining mislsiz o‘sishi, globalizatsiya va xalqaro hamkorlikning mutlaqo yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishi, demokratiya va bozor iqtisodiyoti ko‘lamining kengayishi kuzatil- gan taqdirdagina mumkin bo‘ldi. Inson rivojlanishi konsepsiyasining asosiy qoidalari: inson rivojlanishi inson tanlovi ko‘lamining kengayishi bilan birga odamlar erishgan turmush farovonligini ifodalaydi; 10 BMT 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlari: Dunyomizni o'zgartirish. URL:http://nsdg.stat.uz/uz/publications/2 29 farovonlik odamlarning munosib turmush kechira olishi nuqtayi nazaridan baholanadi; inson rivojlanishi uzoq umr ko‘rish, bilim olish va moddiy farovonlik kabi inson rivojlanishi ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi uchta asosiy ehtiyojning qondirilishiga bog‘liq; daromad insonning tanlash imkoniyatini kengaytiradigan vositadir; odamlarga munosib turmush sharoitini ta’minlash uchun cheksiz yuqori daromad kerak emas, yuqori daromadning ijobiy ta’siri daromad ortgani sayin kamayib boradi. BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ishlab chiqilgan konsep- siyaga ko‘ra inson rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqishda samarali mehnat; jamiyat hayotiga tegishli masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda kishilarning vakolatlarini va ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish; rivojlanish barqarorligi; barcha odamlar uchun imkoniyatlar va tanlovning tengligi. Insoniyat jamiyatining iqtisodiy rivojlanishining asosiy mezoni iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va ishlab chiqarishning samarador- ligidir. Iqtisodiyotni tashkil etishning bozor tizimi kishilar ishlab chiqarish faoliyatining samaraliroq yo‘llarini tanlash masalasini muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali hal qilinadigan “Nimani va qancha ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish va qanday qilib ishlab chiqarish” qabilidagi masalalar odamning hayotiy faoliyatiga, uning ma’naviy va axloqiy taraqqiyotiga oid masalalarni avtomatik tarzda hal qilish imkonini bermaydi. Insonning rivojlanishi konsepsiyasiga ko‘ra ishlab chiqarishni kengaytirish yakuniy maqsad bo‘lmasdan, asosiy maqsadga– insonning munosib turmush sharoitini ta’minlashga erishish vositasi bo‘lmog‘i darkor. Tegishli ravishda, jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlariga ko‘ra emas, balki uning har bir insonning ravnaqi va uyg‘un rivojlanishi yo‘lida xizmat qilishiga ko‘ra baholanishi lozim. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va 30 iqtisodiy o‘sishni baholash uchun qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, ular orasida YaIMning o‘sishi hamda YaIMning aholi jon boshiga nisbatan o‘sishi, turmushning kutilayotgan davomiyligi va aholining bilimlilik darajasi ko‘proq ahamiyatga ega. Inson rivojlanishi jarayonida qaror qabul qilishda odamlarning vakolatlarini va ishtirokini kengaytirish. Har bir insonning uyg’un rivojlanishiga fuqarolik jamiyati asoslarini yaratmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Zero, bunday jamiyatda demokratik institutlar “odamlarning rivojlanishi, odamlar tomonidan rivojlantirish va odamlar uchun rivojlanish” tamoyilini amalga oshirishga yordam beradi. Demokratiya fuqarolik asoslari rivojlanishi uchun oziqlantiruvchi muhitni yaratadi, bunda odamlarning siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki kengayadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling