O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Inson taraqqiyotining asosiy unsurlari


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

2.4. Inson taraqqiyotining asosiy unsurlari 
Insonning rivojlanish jarayoni uzluksiz bo‘lib, jamiyatning 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy hayotida ishtiroki 


24 
nuqtayi nazaridan kishilar imkoniyatini muntazam ravishda kengaytiri-
lishidan iborat. Inson uchun erkin tanlash imkoniyati uning rivojlanish 
sharti bo‘lib, ayni paytda inson jamiyatining eng oliy maqsadlaridan 
birini ifodalaydi. Qolgan imkoniyatlardan foydalanishga yordam
beruvchi eng asosiy imkoniyatlar orasida uchtasi ajralib turadi: uzoq 
va sog’lom umr kechirish imkoniyati, bilim olish va turmushning 
munosib darajasini ta’minlay oladigan moddiy farovonlikka erishish 
imkoniyati. Insonning rivojlanishi insoniylik jamiyatining asosiy
mazmuni va mavjudlik shaklidir. Inson faoliyatining barcha turlarida 
taraqqiyotning zamonaviy bosqichi nafaqat insonni ijtimoiy rivojlanish 
markaziga qo‘yadi, balki taraqqiyot natijalarini inson taraqqiyot 
yo‘lida xizmat qilishini taqozo etadi. 
Inson rivojlanishi konsepsiyasi iqtisodiy rivojlanishning an’anaviy 
nazariyasiga zid emas. Biroq u iqtisodiy rivojlanishni nafaqat iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini oshirish, balki inson rivojlanishiga ham qaratgan 
holda ularning cheklanganligi va ijtimoiy munosabatlardan muayyan 
darajada uzilib qolishining oldini oladi. Iqtisodiy o‘sish va inson 
rivojlanishi maktablari o‘rtasidagi tafovut shundan iboratki, iqtisodiy 
o‘sish o‘z e’tiborini faqat bir narsa, ya’ni daromad olishni kengay-
tirishga qaratsa, inson rivojlanishi inson tanlovini ‒ u xoh iqtisodiy
ijtimoiy, madaniy yoki siyosiy tanlov bo‘lsin, kengaytirishni o‘z ichiga 
oladi. 
Konsepsiya inson rivojlanishiga ikki yoqlama yondashuvni ko‘rib 
chiqadi: birinchisi ‒ bu salomatlikni mustahkamlab, bilim egallash va 
kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish orqali inson imkoniyatlarini 
kengaytirish: ikkinchisi ‒ bu odamlarning ishlab chiqarish maqsadlari, 
madaniy, siyosiy faoliyat va dam olish uchun o‘zi egallagan qobi-
liyatdan foydalanish jarayonidir. Shunday qilib, ushbu konsepsiya
inson rivojlanishini faqat ishlab chiqarish faoliyati uchun resurs-
larni shakllantirish va moddiy boylikni ko‘paytirishga yo‘naltirmagan. 
Daromad, inson rivojlanishi konsepsiyasiga ko‘ra ‒ garchi juda kam 
bo‘lsa­da, inson egalik qilishni istaydigan tanlovlardan biri, xolos. 
Biroq bu inson hayotining murakkabligi va xilma-xilligini belgilay 
olmaydi. Bunda salomatlik, ta’lim, yashash muhiti, harakatlar va so‘z 
erkinligi ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois rivojlanish daromad va 
boylikni oshirishdan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi darkor. Uning maqsadi 
faqat odamlar bo‘lishi kerak. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling