O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Insonni ishlab chiqarish faoliyatining asosiy maqsadi
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Inson taraqqiyotining asosiy tamoyillari
2.2. Insonni ishlab chiqarish faoliyatining asosiy maqsadi
sifatida rivojlanishi 2.3. Insonning barqaror rivojlanishi 2.4. Inson taraqqiyotining asosiy unsurlari 2.5. Inson taraqqiyoti konsepsiyaning yuzaga kelishi va shakllanishi 2.1. Inson taraqqiyotining asosiy tamoyillari Insoniyat taraqqiyotining oltita asosiy ustuni bor: tenglik, barqarorlik, mahsuldorlik, imkoniyatlarni kengaytirish, hamkorlik va xavfsizlik 5 . Tenglik ‒ har bir inson uchun, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi munosabatlarda adolat g‘oyasi; har birimiz ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanishga haqlimiz. Barqaror rivojlanish ‒ bu, hammamiz hayotimizni ta’minlash va tovarlarni yanada adolatli taqsimlanishiga erishish uchun o‘z pulimizni topish huquqiga egamiz. Mahsuldorlik odamlarning daromad olish jarayonida to‘liq ishtirok etishini anglatadi. Bu, shuningdek, hukumat xalq uchun yanada samarali ijtimoiy dasturlarga muhtojligini anglatadi. Imkoniyatlarni kengaytirish ‒ bu, odamlarning rivojlanishiga va hayotiga ta’sir qiladigan qarorlarga ta'sir qilish erkinligi. Hamkorlik o‘zaro boyitish vositasi va ijtimoiy ma’no manbayi sifatida jamoalar va guruhlarga qatnashishni va ularga tegishli bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Xavfsizlik odamlarga kelajakda to‘satdan yo‘q bo‘lib ketmasligiga ishonch bilan erkin va xavfsiz rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi 6 . 5 "What is Human Development? - Human Development Reports". URL:www.hdr.undp.org. Archived from the original on 2017-10-27. 6 "What is Human Development?". UNDP. Archived from the original on 1 June 2012. URL:www.hdr.undp.org. Retrieved 3 June 2012. 18 Insonni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy usullari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida e’lon qilingan edi. Mazkur deklaratsiyada XXI asrda xalqaro munosabatlar uchun qator asosiy qadriyatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan. Mazkur qadriyatlarga quyidagilar taalluqlidir: Erkinlik. Erkaklar va ayollar ochlik va zo‘ravonlik qo‘rquvidan, zulm va adolatliksizdan holi bo‘lgan, inson uchun munosib sharoit- larda yashash va bolalarini tarbiyalash huquqiga egadirlar. Xalqning keng ishtiroki va irodasiga asoslangan boshqaruvning demokratik shakli bu huquqlarning eng yaxshi kafolati hisoblanadi. Tenglik. Birorta ham odam, birorta ham mamlakat rivojlanish ne’matlaridan foydalanish imkoniyatlaridan mahrum qilinmasligi kerak. Erkaklar va ayollar huquqlari va imkoniyatlarining tengligi kafotlanishi zarur. Birdamlik. Global muammolar tenglik va ijtimoiy adolatning asosiy prinsiplariga muvofiq, chiqimlar va mas’uliyatni adolatli taqsimlash asosida hal etilishi kerak. Azob chekayotganlar yoki eng noqulay sharoitga tushib qolganlar eng qulay vaziyatda bo‘lganlar tomonidan yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Sabr-toqatlilik. Dinlar, madaniyatlar va tillar xilma-xilligiga qaramasdan odamlar bir-birlarini hurmat qilishlari kerak. Jamiyatlar doirasida va jamiyatlar o‘rtasidagi tafovut qo‘rqitishga ham, ta’qib qilishga ham asos bo‘lmasligi zarur, balki bu turfalikka insoniyatning eng qimmatli boyligi sifatida yondashilishi zarur. Jahon madaniyati hamda barcha stivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot faol rag‘batlantirib borilishi kerak. Tabiatga hurmat. Barqaror rivojlanish qoidalariga muvofiq, barcha tirik mavjudot va tabiiy resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish negiziga ehtiyotkorlik qo‘yilishi lozim. Faqat shu yo‘l bilangina bizga tabiat tomonidan in’om etilgan ulkan boyliklarni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish mumkin. Hozirgi ishlab chiqarishning va iste’molning beqaror modellari kelajakda bizning farovonligimiz va avlodlarimizning farovonligi manfaatlarida o‘zgartirilishi kerak. Umumiy majburiyat. Global iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni boshqarish, shuningdek, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha mas’uliyat jahon xalqlari o‘rtasida taqsimla- 19 nishi hamda ko‘p tomonlik asosida amalga oshirilishi zarur. Mazkur ishda jahondagi eng universal va eng vakolatli tashkilot hisoblangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti markaziy rol o‘ynashi lozim. 2015-yil 25-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 70/1-sonli “Dunyomizni o‘zgartirish. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi” rezolyut- siyasini qabul qildi va u 2016-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.Ushbu hujjat kompleks xarakterga ega 17 maqsad va 169 vazifani o‘z ichiga olgan bo‘lib, barqaror rivojlanishning har uchta komponenti - iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy integratsiya va ekologik barqarorlik muvozanatini ta’minlaydi. Barqaror rivojlanish maqsadlari - kambag‘al, boy va o‘rtacha rivojlangan barcha mamlakatlar tomonidan harakatga chorlovchi o‘ziga xos da’vatdir. Ular bizning sayyoramizning farovonligi va himoyasini yaxshilashga qaratilgan. Dunyo mamlakatlari qashshoq- likni bartaraf etish choralari iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va bandlikni ta’minlash, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi bir qator muammolarni hal etish bo‘yicha sa’y-harakatlar bilan birgalikda qabul qilinishi zarurligini tan oladilar. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling