O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
 
 
 
 
1.3-rasm. Inson taraqqiyotining boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan 
aloqadorligi 
Inson taraqqiyoti boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan uzviy aloqador 
(1.3-rasm). 
Ijtimoiy soha 
iqtisodiyoti 
Mеhnat 
iqtisodiyoti 
Iqtisodiy 
nazariya 
Ijtimoiy 
mеnеjmеnt 
Makro-
iqtisodiyot 
Mikro- 
iqtisodiyot 
Dеmografiya 
Falsafa 
Siyosatshunoslik 
INSON 
TARAQQIYOTI 
Psixologiya 


15 
Inson taraqqiyoti iqtisodiy nazariyaga metodologik asos sifatida 
tayanadi va ijtimoiy sohani rejalash, amalga oshirish resurslar bilan 
ta’minlash masalalarini qamrab oladi, iqtisodiy qonuniyatlar asosida 
hamda iqtisodiy qonunlarni ijtimoiy sohada qo‘llash amaliyoti asosida 
davlat, ijtimoiy guruhlar va shaxs o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni 
o‘rganadi.
Inson taraqqiyotining shakllanishi va rivojlanishi davlatning faol 
ishtirokida sodir bo‘ladi. Iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat iqtisodiy siyosati, davlat 
hokimiyati va boshqaruvi subyektlarining irodasiga bog’liqdir. 
Ijtimoiy soha iqtisodiy strategiyaning ustuvor yo‘nalishiga aylangan 
taqdirdagina davlat obyektiv ravishda ijtimoiy davlatga aylanadi. 
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish davlat dasturlari asosida 
fuqarolarning bepul ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish 
konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanadi, keksa kishilar va mehnatga 
layoqatsiz shaxslar, onalik va bolalik qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday 
ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojning qondirilishi darajasi mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanganligi va jamiyatdagi qadriyatlar bilan belgilanadi. 
Davlatning milliy daromadni qayta taqsimlash bo‘yicha faoliyati 
uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: 
birinchisi – aholi tomonidan olinadigan daromad mehnat 
natijalari asosida, lekin tirikchilik ehtiyojlari qondirilishi hisobga 
olingan holda taqsimlanishi
ikkinchisi – ehtiyoj miqdori hisobga olingan holdagi to‘lovlar 
(bolalar 
nafaqalari, 
ixtisoslashtirilgan 
tibbiy 
yordam 
olish 
xarajatlarining qoplanishi va h.k.); 
uchinchisi – aholining qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan 
toifalariga noishlab chiqarish sohasining tegishli muassasalari orqali 
amalga oshiriladigan davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling