15
Inson taraqqiyoti iqtisodiy nazariyaga
metodologik asos sifatida
tayanadi va ijtimoiy sohani rejalash, amalga
oshirish resurslar bilan
ta’minlash masalalarini qamrab oladi, iqtisodiy
qonuniyatlar asosida
hamda iqtisodiy qonunlarni ijtimoiy sohada qo‘llash amaliyoti asosida
davlat, ijtimoiy guruhlar va shaxs o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni
o‘rganadi.
Inson taraqqiyotining shakllanishi va rivojlanishi davlatning faol
ishtirokida sodir bo‘ladi. Iqtisodiy
va ijtimoiy dasturlarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat iqtisodiy siyosati,
davlat
hokimiyati va boshqaruvi subyektlarining irodasiga bog’liqdir.
Ijtimoiy soha iqtisodiy strategiyaning ustuvor yo‘nalishiga aylangan
taqdirdagina davlat obyektiv ravishda ijtimoiy davlatga aylanadi.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
davlat dasturlari asosida
fuqarolarning bepul ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish
konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanadi,
keksa kishilar va mehnatga
layoqatsiz shaxslar, onalik va bolalik qo‘llab-quvvatlanadi.
Bunday
ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojning qondirilishi darajasi mamlakatning
iqtisodiy rivojlanganligi va jamiyatdagi qadriyatlar bilan belgilanadi.
Davlatning milliy daromadni qayta taqsimlash bo‘yicha faoliyati
uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:
birinchisi – aholi tomonidan
olinadigan daromad mehnat
natijalari asosida, lekin tirikchilik ehtiyojlari qondirilishi hisobga
olingan holda
taqsimlanishi;
ikkinchisi – ehtiyoj miqdori hisobga olingan holdagi to‘lovlar
(bolalar
nafaqalari,
ixtisoslashtirilgan
tibbiy
yordam
olish
xarajatlarining qoplanishi va h.k.);
uchinchisi – aholining qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan
toifalariga noishlab chiqarish sohasining tegishli muassasalari orqali
amalga oshiriladigan davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash.
Do'stlaringiz bilan baham: