12
Iqtisodiyot fanining bu va boshqa sohalari qatorida nisbatan
yangi, ammo tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan Inson
taraqqiyotini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Inson taraqqiyoti ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi sifatida XX asr
oxirlarida paydo bo‘ldi.
Inson taraqqiyoti ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sishni
iqtisodiy yo‘naltirilgan ijtimoiy rivojlanish sifatida talqin qiladi. Uning
shakllanishi va amal etishida inson salohiyati markaziy o‘rin egallashi
tabiiydir. Bu iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanish o‘rtasidagi
uzviy
bog‘liqlik bilan izohlanadi (1.1-rasm).
1.1-rasm. Inson ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar subyekti sifatida
3
Inson faoliyati turlariga iqtisodiy nuqtayi nazardan yondoshish,
sarf qilinadigan xarajatlarni buning natijasida erishiladigan samara
bilan taqqoslashni taqozo etadi. Inson
taraqqiyotida ham shunday
prinsipga amal qilinadi.
Inson taraqqiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin
tadbirkorlik, sog‘lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada
rivojlangan
holda
aholi
turmushining
munosib
darajasi
ta’minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi
kafolatlanadigan kuchli
ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi
sifatida ta’rif berilishi mumkin (1.2-rasm). Bunday talqin Inson
taraqqiyoti rivojlangan davlatlardagi bozor iqtisodiyoti hamda o‘tish
iqtisodiyotiga ega davlatlarda bozor munosabatlari shakllantirilayotgan
sharoitlarda amal etayotganligiga mos tushadi.
3
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va
texnologiya, 2013. – 16 b
Iqtisodiyot
Ijtimoiy soha
Do'stlaringiz bilan baham: