O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


inson huquqlariga oid umumeʼtirof etilgan prinsip va normalarini


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

inson huquqlariga oid umumeʼtirof etilgan prinsip va normalarini 
qatʼiy himoya qiladi va faol ilgari suradi”
2
. 
Inson taraqqiyoti tushunchasi uning qobiliyati va imkoniyatlarini 
shunchaki 
shakllantirishga 
qaraganda 
ancha 
kengroqdir.
U, shuningdek, bu imkoniyatlardan mehnat jarayonida, dam olish va 
ijtimoiy faoliyatda foydalanishni ham nazarda tutadi. Imkoniyatlarni 
shakllantirish va ularni ishga solish o‘rtasida mutanosiblik bo‘lmas 
ekan, inson salohiyatidan foydalanilmay qolinadi. 
Inson taraqqiyotining asosiy mezoni umr ko‘rish davomiyligi, 
savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda 
etadigan Insonni rivojlantirish indeksidir. Davlatning farovonligi faqat 
daromad 
darajasiga 
emas, 
balki 
bu 
daromaddan 
qanday 
foydalanilishiga ham bog’liqdir. Daromadlar mo‘may bo‘lishining o‘zi 
insonni rivojlantirishni kafolatlamaydi. Shunday ekan, insonni 
rivojlantirishning ikki xususiyati – imkoniyatlarni shakllantirish va 
ulardan foydalanishni farqlash kerak. Insonni barqaror rivojlantirish 
faqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlabgina qolmasdan, uning natijalarini 
adolatli taqsimlashni ham nazarda tutadi. Bunday rivojlanish aholining 
ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga birinchi darajali ahamiyat 
berilishini, 
ular 
imkoniyatlarini 
kengaytirishni, 
ularning 
o‘z 
turmushlariga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok 
etishlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish insonlar 
manfaatini ko‘zlaydi, ular uchun ish joylarni ko‘paytirishga, jamiyat 
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda 
insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy 
jamg’armalar miqdoriga qaraganda yuqoriroq bo‘lmoqda. Ishlab 
chiqarishga investitsiyalar kiritish qanchalik muhim bo‘lmasin, 
insonni rivojlantirish uchun sarmoyalarga tobora ko‘proq ustuvorlik 
berilmoqda. Ya’ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish 
jarayonidagi eng jiddiy o‘zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan 
tashqarida sodir bo‘lmoqda. 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari 
boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi, 2021-yil 22-fevral. Yangi Uzbekiston, online. 
URL: https://yuz.uz/uz/news/prezident-shavkat-mirziyoevning-bmt-inson-huquqlari-boyicha-
kengashining-46-sessiyasidagi-nutqi 


11 
Inson taraqqiyoti konsepsiyasi nihoyatda ko‘p qirrali, uning inson 
va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo‘llanilish imkoniyatlari 
keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi insonni rivojlantirish 
to‘g‘risidagi ma’ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma’ruzalari 
huddi shundan dalolat beradi. 
BMT Rivojlanish dasturining 1990-yildagi bunday birinchi 
ma’ruzasida Inson taraqqiyoti nazariyasi va uni o‘lchash indikatorlari 
chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda urbanizatsiya muammolariga 
bag‘ishlangan qism ham mavjud edi. Ana shundan keyingi ma’ruzalar 
mavzulari hayotiy ehtiyojlar, odamlar xavfsizligining turli mezonlari, 
harbiy 
xarajatlarni 
qisqartirish 
hisobiga 
ijtimoiy 
rivojlanish 
imkoniyatlari, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, qashshoqlik bilan 
kurash, ish bilan bandlikka globallashuvning ta’siri, iste’mol 
modellari, insonni rivojlantirish bilan barqaror ekologik rivojlanish 
mezonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik kabi ko‘pgina masalalarni qamrab 
olgan.
Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni faqat 
ijtimoiy hayotning an’anaviy ma’naviy sohasidagina emas, takror hosil 
qilish jarayonlarida ham insonga markaziy o‘rinni ajratadi. Bunda 
inson ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning birlamchi va pirovard maqsadi 
ekanligi e’tirof etiladi. Ya’ni rivojlantirishning insoniy yoki ijtimoiy 
mezoni dominanta bo‘lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu 
rivojlanishning sharti deb belgilanmoqda.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling