O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Inson taraqqiyoti konsepsiyasining yuzaga kelishi va


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

2.5. Inson taraqqiyoti konsepsiyasining yuzaga kelishi va 
shakllanishi 
 
Inson taraqqiyoti konsepsiyaga ko‘ra, jamiyat rivojlanishi
markazida faqatgina oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki avvalo 
inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning


28 
samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengay-
tirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof etilgan qadriyatlarga
mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq 
qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
Bir qarashda bularning barchasi – o‘z-o‘zidan ravshan, oddiy 
haqiqat va hammaga ma’lum fikrlar bo‘lib tuyulishi mumkin. Zero, 
hatto qadimgi antik davr mutafakkirlari ham qayd etganidek:
“Boylik biz intilayotgan asl maqsadimiz emasligi aniqdir, u 
shunchaki foydali va o‘zga narsaga erishish uchun xizmat qiladi” 
(Aristotel). Nima sababdan insoniyat asl maqsad va taraqqiyot 
mezoni inson ekanligini tushunish uchun bunchalik uzoq yo‘l bosdi?
Dunyoda 836 million kishi hanuzgacha o‘ta qashshoqlikda yashab 
kelmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi deyarli har beshinchi 
odam kuniga 1,25 dollardan kam mablag‘ bilan hayot kechiradi. 
Dunyoda 5 yoshgacha davrdagi har to‘rtinchi bolaning bo‘yi 
me’yordan past. 800 milliondan ortiq kishi o‘ta qashshoqlikda 
yashamoqda va eng zarur hayotiy ehtiyojlar, masalan, sog‘liqni 
saqlash, ta’lim, suv zaxiralaridan foydalanish va sanitariyaga bo‘lgan 
ehtiyojlarni qondirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda
10
.
Gap shunda bo‘lsa kerakki, Inson taraqqiyoti konsepsiyasining 
mualliflaridan biri Mahbub ul-Haq ta’kidlaganidek, “o‘z-o‘zidan 
ravshan narsa – bu, ba’zan ko‘ra bilish, eng mushkul bo‘lgan 
narsadir”. Bundan tashqari, insoniyat avvalgi davrlarda insonning 
imkoniyatlarini kengaytirish masalasini amaliy hal etishga qodir emas 
edi. Bu hol buning uchun zarur shart-sharoit vujudga kelgandagina, 
ya’ni – ilmiy-texnik taraqqiyotning inqilobiy rivojlanishi va inson 
bunyodkorlik salohiyatining mislsiz o‘sishi, globalizatsiya va xalqaro 
hamkorlikning mutlaqo yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishi,
demokratiya va bozor iqtisodiyoti ko‘lamining kengayishi kuzatil-
gan taqdirdagina mumkin bo‘ldi. 
Inson rivojlanishi konsepsiyasining asosiy qoidalari:

inson rivojlanishi inson tanlovi ko‘lamining kengayishi
bilan birga odamlar erishgan turmush farovonligini ifodalaydi;
10
BMT 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlari: Dunyomizni o'zgartirish. 
URL:http://nsdg.stat.uz/uz/publications/2 


29 

farovonlik odamlarning munosib turmush kechira olishi
nuqtayi nazaridan baholanadi; 

inson rivojlanishi uzoq umr ko‘rish, bilim olish va moddiy 
farovonlik kabi inson rivojlanishi ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi
uchta asosiy ehtiyojning qondirilishiga bog‘liq; 

daromad insonning tanlash imkoniyatini kengaytiradigan 
vositadir;

odamlarga munosib turmush sharoitini ta’minlash uchun
cheksiz yuqori daromad kerak emas, yuqori daromadning ijobiy
ta’siri daromad ortgani sayin kamayib boradi. 
BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ishlab chiqilgan konsep-
siyaga ko‘ra inson rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlariga 
quyidagilar kiradi:

ishlab chiqishda samarali mehnat;

jamiyat hayotiga tegishli masalalar bo‘yicha qaror qabul 
qilishda kishilarning vakolatlarini va ishtirok etish imkoniyatlarini 
kengaytirish;

rivojlanish barqarorligi;

barcha odamlar uchun imkoniyatlar va tanlovning tengligi. 
Insoniyat jamiyatining iqtisodiy rivojlanishining asosiy mezoni
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va ishlab chiqarishning samarador-
ligidir. Iqtisodiyotni tashkil etishning bozor tizimi kishilar ishlab 
chiqarish faoliyatining samaraliroq yo‘llarini tanlash masalasini
muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Biroq bozor iqtisodiyoti
sharoitida samarali hal qilinadigan “Nimani va qancha ishlab 
chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish va qanday qilib ishlab chiqarish” 
qabilidagi masalalar odamning hayotiy faoliyatiga, uning ma’naviy va 
axloqiy taraqqiyotiga oid masalalarni avtomatik tarzda hal qilish 
imkonini bermaydi.
Insonning rivojlanishi konsepsiyasiga ko‘ra ishlab chiqarishni 
kengaytirish yakuniy maqsad bo‘lmasdan, asosiy maqsadga– 
insonning munosib turmush sharoitini ta’minlashga erishish
vositasi bo‘lmog‘i darkor. Tegishli ravishda, jamiyat taraqqiyoti
iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlariga ko‘ra emas, balki uning har bir 
insonning ravnaqi va uyg‘un rivojlanishi yo‘lida xizmat qilishiga ko‘ra 
baholanishi lozim. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va


30 
iqtisodiy o‘sishni baholash uchun qator ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi, ular orasida YaIMning o‘sishi hamda YaIMning aholi 
jon boshiga nisbatan o‘sishi, turmushning kutilayotgan davomiyligi
va aholining bilimlilik darajasi ko‘proq ahamiyatga ega. 
Inson rivojlanishi jarayonida qaror qabul qilishda odamlarning 
vakolatlarini va ishtirokini kengaytirish. Har bir insonning uyg’un
rivojlanishiga fuqarolik jamiyati asoslarini yaratmasdan turib erishib 
bo‘lmaydi. 
Zero, 
bunday 
jamiyatda 
demokratik 
institutlar 
“odamlarning rivojlanishi, odamlar tomonidan rivojlantirish va
odamlar uchun rivojlanish” tamoyilini amalga oshirishga yordam 
beradi. 
Demokratiya 
fuqarolik 
asoslari 
rivojlanishi 
uchun
oziqlantiruvchi muhitni yaratadi, bunda odamlarning siyosiy, 
madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtiroki kengayadi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling