O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Inson salohiyati 
Shaxsiy sifatlar 
Ijtimoiy sifatlar 
Ishlab chiqarishning 
iqtisodiy 
xususiyatlar 
Salomatlik 
Aqliy qobiliyat 
Madaniyat 
E'tiqod 
Mеhnatga ijodiy munosabat 
Faollik 
Tashabbuskorlik 
Mеhnat jamoasida ishlashga qodirlik 
Bilimlar 
Malaka 
Tajriba 
Mas'uliyat 
Topqirlik 


21 
Inson salohiyatining mohiyati samarali mehnat faoliyatining 
iqtisodiy asosi sifatidagi xodimning raqobatbardoshligi hisoblanadi. 
Inson salohiyatiga ishlab chiqarishda ro‘y beradigan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar, innovastiya jarayonlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Mehnat jarayonida xodimning faolligi nihoyatda muhim 
ahamiyatga egadir. Insoning ehtiyojni shunchaki anglashi uni bu 
ehtiyojlarni qondirish vositalarini topish uchun faol harakat qilishga 
olib kelmaydi. Bunda ehtiyoj juda muhim bo‘lishi va inson uni 
qondirishga qodirligiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Faqat 
shundagina dastavval anglangan ehtiyoj motivga – insonning hatti-
harakatini belgilaydigan ichki barqaror psixologik sababga aylanadi

 
2.2-rasm. Insonning mehnat jarayonidagi faolligi
8
 
 
Odatiylik va faollikning qo‘shilishi insonda yuqori mehnat qobi-
liyatini shakllantiradi. Ijod va tafakkur qobiliyatlari qo‘shilib inson 
8
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va 
texnologiya, 2013. – 41 b 
INSON 
Ehtiyojlar 
Manfaatlar 
Ko

rsatmalar 
Motivlar 
Maqsadlar 
Rahbatlar 
Qadriyatlar 
Mеhnat jarayonida faollik 


22 
intellekti hosil bo‘ladi. Yuksak unumli mehnatga qodirlik va intel-
lekt shaxsning oliy imkoniyatlari – iste’dod va daholikni vujudga 
keltiradi. 
 Iste’dod – inson qobiliyatining oliy darajasidir. Daholik iste’-
doddan o‘z faoliyati sohasida maktab, butun bir davrni yaratishga 
qodirligi bilan belgilanadi. 
Xodim o‘z salohiyati poydevoriga tayanib, kasb bilimlarini 
egallab va o‘z vazifalarini aniqlab asoslilikka ega bo‘ladi. 
Asoslilik (kompetentlik) egallangan bilim va ko‘nikmalarni 
ishga solgan holda korxonada belgilangan maqsadlarga erishish 
qobiliyatidir. Asoslilikning ichki (kasb malakasi) va tashqi (chetdan 
egallangan) manbalari mavjuddir. 
Xodimning kasb asosliligi eng muhim sifatdir. Kasb asosliligi 
deyilganda muayyan mehnat jarayonida zarur bo‘lgan o‘ziga xos 
qobiliyatlar: maxsus bilim, ko‘nikmalar va mahorat tushuniladi.
Asoslilikning boshqa turlari ham mavjuddir. Masalan, 
funksiyaviy 
asoslilik 
texnologiyalar, 
marketinglar, 
moliya 
to‘g’risidagi maxsus bilimlarni qamrab oladi. Yangi funksiyaviy 
bilimlarni egallash zarur malakaga erishishning garovidir. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling