O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-jadval  BMT Rivojlanish dasturining 2019-yilgi Insonni rivojlantirish global


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

3.1-jadval 
BMT Rivojlanish dasturining 2019-yilgi Insonni rivojlantirish global 
ma’ruzasida foydalanilgan eng yuqori miqdor ko‘rsatkichlari
13
 
 
O‘lchamlar 
Kuzatilgan eng yuqori 
miqdor ko‘rsatkichi 
Eng kam miqdor 
ko‘rsatkichi 
Tug‘ilgan paytda 
kutilayotgan umr 
davomiyligi (yil) 
84.6
(Yaponiya, 2019 - yil) 
20,0 
Ta’limning o‘rtacha 
davomiyligi (yil) 
13,4 
(AQSh, 2019 - yil) 

Ta’limning kutilayotgan 
davomiyligi (yil) 
22 
(Avstraliya, 2019 - yil) 

Ta’limning jamlanma 
indeksi 
0,95 
(Yangi Zelandiya) 

Aholi jon boshiga 
daromad (xarid qobiliyati 
pariteti bo‘yicha, AQSh 
dollari) 
$ 131032 
(Lixtenshteyn, 2019 - 
yil) 
163 
(Zimbabve, 2008-yil) 
13
Human Development Report 2020. By the United Nations Development Programme.
URL:http://hdr.undp.org/sites/default/files/hdr2020.pdf 


35 
Taqqoslashga mezonlarning eng kam miqdorlari ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun indekslarni hisoblab chiqishda tirikchilik ko‘rishning 
eng kam miqdori yoki “tabiiy 0” kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Quyidagi eng kam miqdorlar belgilangan: 
- Tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi - 20 yil (uzoq 
muddatli tarixiy ma’lumotlarga asoslangan). 
- Ta’lim sohasidagi ikkala ko‘rsatkich uchun – 0 yil (ta’limning 
eng kam darajasi to‘g‘risidagi tasavvur jamiyat amalda rasmiy 
ta’limsiz ham amal etishi mumkinligiga asoslangan). 
- Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad – 163 AQSh dollari (bu 
birorta mamlakat, masalan Zimbabveda 2008-yilda kuniga 45 sentga 
teng bo‘lgan eng kichik miqdordir. Mazkur miqdor Jahon banki 
tomonidan o‘rnatilgan, kuniga 1,25 AQSh dollarini tashkil etadigan 
kambag’allik chizig‘i darajasidan biroz ortiqdir). 
Eng kichik va eng yuqori miqdorlar aniqlangandan so‘ng kichik 
indekslar quyidagicha aniqlanadi: 
O‘lchash indeksi = amaldagi miqdor – eng kam miqdor : eng ko‘p 
miqdor – eng kichik miqdor (1) 
Ta’lim sohasi uchun mazkur 1-tenglama har ikki tarkibiy qismga 
nisbatan qo‘llaniladi. Buning natijasida ularning o‘rtacha geometrik 
miqdori topiladi, shundan so‘ng 1-tenglama ikkinchi marotaba 
ishlatiladi. Buni 1-tenglamasini ikki tarkibiy qismi o‘rtacha geometrik 
miqdoriga tenglashtirish mumkin. 
Inson taraqqiyoti indeksi uch o‘lchov indekslari o‘rtacha 
geometrik miqdori jamlanmasidir: 
(I
Turmush
 
1/3
 + I
Ta’lim
 
1/3 
+ I
Daromad
 
1/3
) (2) 
Mazkur 2-formula ITI barcha ko‘rsatkichlarining to‘liq bo‘lmagan 
o‘zaro bir-birini almashtirishini nazarda tutadi. Shu tariqa u chiziqli 
jamlanish formulasiga nisbatan eng jiddiy e’tirozlarni hisobga oladi. 
Ma’lumki, chiziqli jamlanish formulasi ko‘rsatkichlarning bir-birini 
to‘la o‘rnini bosishini nazarda tutadi. Ayrim o‘zaro bir-birining o‘rnini 
bosish har qanday indeksni aniqlash uchun muqarrar ravishda xos 
bo‘lib, uning tarkibiy qismlari miqdori ortishi bilan ko‘payib boradi. 
ITIda yangi indikatorlardan va yangi funksiyaviy shakllardan 
foydalanilgan 
holda 
uslubiyotning 
takomillashtirilishi 
jiddiy 
o‘zgarishlarga olib keldi. O‘rtacha geometrik ko‘rsatkichlarni qo‘llash 
indekslarning quyiroq miqdorlarini keltirib chiqaradi. Bunda eng katta 


36 
o‘zgarishlar rivojlanishi bir xil darajada bo‘lmagan mamlakatlarda 
kuzatildi. 
2010-yilgi Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi global ma’ruzada Inson 
taraqqiyoti indeksiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Avvalgilarida 
bo‘lgani kabi yigirmanchi global ma’ruzada ITI insonni rivojlantirish-
ning uch asosiy mezoni – salomatlik, bilim va daromadlar bo‘yicha 
erishilgan natijalarni o‘lchaydigan kompozit indeks sifatida saqlanib 
qolgan. ITIning avvalgi formulalariga muvofiq “salomatlik” mezonini 
o‘lchash uchun tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligidan 
foydalanilgan. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling