O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-bob. INSON TARAQQIYOTI INDEKSI VA UNI


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

3-bob. INSON TARAQQIYOTI INDEKSI VA UNI 
O‘LCHASH USULLARI 
 
3.1. Inson taraqqiyoti mezonlari va indikatorlari 
3.2. Inson taraqqiyotining uchta o‘lchami: uzoq yashash, 
ziyolilik va moddiy farovonlik 
3.3. Hayotning kutilgan davomiyligi indeksi yordamida uzoq 
va soglom turmush imkoniyatlarini baholash 
3.4. Ta’lim olishning integral indeksini hisoblab chiqish orqali 
bilim olish imkoniyatini baholash 
3.5. Xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha YaIMni hisoblash 
usullari 
3.1. Inson taraqqiyoti mezonlari va indikatorlari 
Jahondagi turli mamlakatlarda turmush sifatini baholash uchun 
pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul-Haq
11
boshchiligidagi BMT ekspert-
lar guruhi tomonidan integral ko‘rsatkich – Inson taraqqiyoti indeksi 
(ITI) ishlab chiqildi. Bu o‘rinda mazkur indeksning konseptual tarkibi 
Amartiya San izlanishlari natijasi asosida yaratilganligini ta’kidlash 
kerak. 
Mahbub ul-Haqning ta’kidlashicha, “Insonni rivojlantirish konsep-
siyasi bugungi kunda eng yaxlit rivojlanish modeli hisoblanadi.
U iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy investitsiyalar, odamlar imkoniyatlarini 
kengaytirish, asosiy ehtiyojlarni qondirish va ijtimoiy himoya tizimini 
tashkil etish, siyosiy va madaniy erkinliklar hamda inson hayoti barcha 
boshqa sohalarini qamrab oladigan rivojlanishning barcha masalalarini 
mujassamlashtirgan.
Inson taraqqiyoti indeksi har yili turli mamlakatlarda turmush 
darajasi, savodxonlik, ta’lim, umr ko‘rish davomiyligi kabi inson 
salohiyatining asosiy xususiyatlarini o‘lchash va taqqoslash uchun har 
yili hisoblab chiqiladi. U turli mamlakatlar va mintaqalar turmush 
darajasi o‘rtasidagi umumiy farqlarni aniqlashda standart va vosita 
11
Mahbub ul-Haq (1934-1996) – pokistonlik buyuk iqtisodchi, Insonni rivojlantirish 
ma’ruzasining asochisi, “Iqtisodiy rejalashtirish strategiyasi”, “Insonni rivojlantirish 
to‘g‘risida mulohazalar”, “Rivojlantirish maqsadlarida hamkorlik uchun yangi asoslar” 
asarlarining muallifi. 


33 
vazifasini o‘taydi. Mazkur indeks BMTning Rivojlanish dasturi doira-
sida inson salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobotlarda e’lon 
qilinadi. 
ITIni hisoblab chiqishda ko‘rsatkichlarning uch turi hisobga 
olinadi: 
- inson tugilgan paytda kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish; 
- ta’lim olishning o‘rtacha davomiyligi va ta’lim olishning kuti-
layotgan davomiyligi; 
- munosib turmush darajasi. Bu aholi jon boshiga yalpi milliy 
daromadning xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha AQSh dollarida 
baholanadi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling