O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

2.3. Insonning barqaror rivojlanishi 
 
“Barqaror rivojlanish” – bu umumjahon resurslarini boshqa-
rishga shunday yondashuvki, u o‘zida bugungi kunda odamlar
hayotini yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik
strategiyalarni hamda ayni paytda kelajak avlodlar uchun tabiiy 
resurslarning saqlanishi mujassamlashtiradi.
Inson rivojlanishining barqarorligiga rivojlanish masalalari 
kelajak va hozirgi avlodlarga ziyon yetkazmagan holda hal etil-
gan taqdirda, ya’ni joriy va istiqbol yo‘nalish maqsadlarining
oqilona birlashuvi amalga oshganida erishiladi.
Inson rivojlanishining barqarorligi mezonlari sifatida quyi-
dagilardan foydalanish mumkin:

ta’lim ko‘rsatkichlari - katta yoshdagi aholining bilim 
darajasi, o‘quv muassasalarida ta’lim olish muddati, tegishli


23 
yosh kategoriyalarida o‘quvchilarning solishtirma salmog’i, turli 
bosqichlarda ta’lim bilan qamrab olinganlik va hokazo;

aholi salomatligi ko‘rsatkichlari – hayotning kutilayotgan 
davomiyligi, aholining o‘lim darajasi, chaqaloqlar o‘limi dara-
jasi, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi, onalar o‘limi 
darajasi, ijtimoiy xavfli kasalliklarga chalinish darajasi(tanosil, 
OITS, sil, yuqumli kasalliklar va hokazo);

atrof-muhit ko‘rsatkichlari – havoning, yerning va foyda-
laniladigan suvning ifloslanish darajasi, ularning tarkibida odam-
lar sog‘lig‘i va hayot uchun xavfli elementlarning mavjudligi;

aholini toza suv manbalari bilan ta’minlash; tabiiy ofatlardan 
(suv toshqini, yer ko‘chishi va h.k.) himoyalanish darajasi,
tuproqning sho‘rlanishi xarakteristikasi, ularning hosildorligi va 
boshqalar. 
Insonning barqaror rivojlanishiga doir asosiy mezonlarga 
muvofiq odamlarning hozirgi kunda yashayotgan avlodi uchun
ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini ta’minlaydigan kafolatlar 
tizimlarini yaratish va ularni amalga oshirish kerak. Har qanday 
jamiyatda bunday kafolatlar sirasiga quyidagilar kiradi:

tinchlik va urushning har qanday ko‘rinishlarining yo‘qligi 
kafolatlari;

fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlanishi;

ta’lim olish imkoniyatining kafolatlanganligi;

yashash muhitining ekologik xavfsizligi kafolatlari;

aholi salomatligini saqlash tizimining mavjudligi kafolatlari;

mehnat bozoriga kirish va daromad olish kafolatlari;

aholining turmushi uchun zarur bo‘lgan resurslardan foyda-
lanish kafolatlari;

ushbu kafolatlarning shu hajmda kamida kelgusi ikki bo‘g‘in 
avlodlar uchun saqlanish kafolatlari. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling