13
1.2-rasm. Inson taraqqiyoti asoslari
4
1.3. Boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi
Inson taraqqiyotining iqtisodiy funksiyasi shaxs, oila va umuman
jamiyatning rivojlanishini ta’minlaydigan resurs bazasi, shart–
sharoitlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan
aholini ijtimoiy muhofaza
qilish tizimi subyektlarining faoliyat ko‘rsatishidir. Mazkur faoliyat
iqtisodiy resurslarni shakllantirish va adolatli taqsimlash, resurslardan
samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga
oshirishga qaratilgan
bo‘ladi. Bu funksiyani amalga oshirishda davlat, jamiyat va shaxsning
o‘zi ishtirok etadi.
Sog‘lom raqobat mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lishini,
tadbirkorlik erkinligini talab etadi, shunday sharoitlardagina iste’dodli
ishbilarmonlar va oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘z salohiyatlarini
to‘la namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga
mazkur iqtisodiyotda aholining ijtimoiy
jihatdan nochor toifalari
4
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va
texnologiya, 2013. – 21 b
Inson taraqqiyoti asoslari
Mulkchili
kning xi
lma
-xil
shakllari
Erkin tadbi
rkorlik
Sog
‘lom r
aqobat
Yuksak dar
ajada riv
ojl
angan
iqtis
odiy
o
t
Kuchli ijtimoiy siyosat
Ijtimoiy xizmatlar
Ijtimoiy yordam
Ijtimoiy sug‘urta
14
(keksa
kishilar, ko‘p bolali oilalar, nogironlar va qo‘llab-
quvvatlanishga muhtoj shaxlar) uchun
bozor munosabatlari xavfini
yumshatish maqsadida ijtimoiy himoya kafolatlanishi kerak.
Inson taraqqiyotining bosh maqsadi insonning erkin rivojlani-
shini, har bir fuqaro va umuman mamlakat butun aholisining munosib
turmush darajasi va turmush sifatini ta’minlashdan iboratdir.
Bunday
maqsadga erishishning vositasi fan va texnika so‘nggi yutuqlari hamda
inson omilidan samarali foydalanish hisobiga jo‘shqin rivojlanayotgan
milliy iqtisodiyot hisoblanadi.
Inson taraqqiyoti tadqiqot obyekti nuqtayi nazaridan aholini
ijtimoiy muhofaza qilish konsepsiyasining
mikro va makroiqtisodiyot
bilan bog‘liq ikki xususiyatga ega. Bir tomondan, bu aholining o‘zini
o‘zi ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishni,
ikkinchi tomondan,
o‘zining tirikchiligini obyektiv ravishda yo‘lga qo‘yishga qodir
bo‘lmaganlarga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: