O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Fanning predmeti va mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
1.2. Fanning predmeti va mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari 
Iqtisodiyot fani sohalari serqirra. Jumladan, mehnat iqtisodiyoti 
mehnat bozori, mehnat resurslari, ish bilan bandlik, mehnat 
munosabatlari, ishga haq to‘lash va xodimlarning daromadlari, mehnat 
unumdorligi va samaradorligi, mehnatni me’yorlash, personalni 
boshqarish usullarini o‘rganadi. Mehnat sotsiologiyasi insonning 
mehnatga munosabati, uning ijtimoiy faolligi, ishlab chiqarish 
jamoalaridagi ijtimoiy muhit, xodimlarni ma’naviy va moddiy 
rag’batlantirish omillari, ijtimoiy kafolatlar, mehnat nizolarining 
sabablari, ularni hal etish va boshqa masalalarni tadqiq etadi. 


12 
Iqtisodiyot fanining bu va boshqa sohalari qatorida nisbatan 
yangi, ammo tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan Inson 
taraqqiyotini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Inson taraqqiyoti ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi sifatida XX asr 
oxirlarida paydo bo‘ldi. 
Inson taraqqiyoti ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sishni 
iqtisodiy yo‘naltirilgan ijtimoiy rivojlanish sifatida talqin qiladi. Uning 
shakllanishi va amal etishida inson salohiyati markaziy o‘rin egallashi 
tabiiydir. Bu iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanish o‘rtasidagi uzviy 
bog‘liqlik bilan izohlanadi (1.1-rasm). 
 
 
1.1-rasm. Inson ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar subyekti sifatida
3
 
Inson faoliyati turlariga iqtisodiy nuqtayi nazardan yondoshish, 
sarf qilinadigan xarajatlarni buning natijasida erishiladigan samara 
bilan taqqoslashni taqozo etadi. Inson taraqqiyotida ham shunday 
prinsipga amal qilinadi.
Inson taraqqiyotiga mulkchilikning xilma-xil shakllari, erkin 
tadbirkorlik, sog‘lom raqobatga hamda iqtisodiyot yuksak darajada 
rivojlangan 
holda 
aholi 
turmushining 
munosib 
darajasi 
ta’minlanadigan, ijtimoiy himoyalanishi kafolatlanadigan kuchli 
ijtimoiy siyosatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi 
sifatida ta’rif berilishi mumkin (1.2-rasm). Bunday talqin Inson 
taraqqiyoti rivojlangan davlatlardagi bozor iqtisodiyoti hamda o‘tish 
iqtisodiyotiga ega davlatlarda bozor munosabatlari shakllantirilayotgan 
sharoitlarda amal etayotganligiga mos tushadi.
3
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va 
texnologiya, 2013. – 16 b 
Iqtisodiyot 
Ijtimoiy soha 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling