O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Insonni ishlab chiqarish faoliyatining asosiy


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
2.2. Insonni ishlab chiqarish faoliyatining asosiy
maqsadi sifatida rivojlanishi 
Iqtisodiy adabiyotda hozirga qadar “inson salohiyati” atamasi 
tushunchasiga aniq tarif berilmagan. Uning o‘rniga, odatda, “xodim-
ning mehnat salohiyati” tushunchasidan foydalaniladi. Mazkur 
tushuncha xodimning muayyan sharoitlarda o‘z ishlab chiqarish 
faoliyatida ma’lum natijalarga erishish hamda mehnat faoliyati jarayo-
nida ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘ladigan 
yangi vazifalarni hal etish uchun o‘zini takomillashtirishga qaratilgan 
jismoniy va intellektual xususiyatlari jamlanmasi hisoblanadi. 
Salohiyat – muayyan vazifalarni hal etish, qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, manbalar, 
vositalar va hokazolarning jamlanmasi, alohida shaxs, jamiyat, 
umuman davlatning imkoniyatidir. 
Inson salohiyati deganda esa quyidagilar tushuniladi: 


20 
- jismoniy salomatlik
- tabiiy va ishlab chiqarish muhitining noqulay ta’siriga chidam-
lilik, uzoq muddatli kuch va asab zo‘riqishiga bardoshlilik qobiliyati; 
- ijtimoiy-psixologik xususiyatlar: tasavvurlarning barqarorligi, 
xotira, nutq, inson xarakteri, uning ijodiy qobiliyati, bilimlari va 
e’tiqodi, ijtimoiy tajribani egallash darajasi, ijtimoiy faollik; 
- ishlab chiqarish–iqtisodiy xususiyatlari: malaka, ijtimoiy ta’lim 
darajasi, kasb tajribasi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik, bajari-
layotgan ish sifati va tejamkorlik, xodimlar bilan o‘zaro munosabat, 
mas’uliyat, mehnat intizomi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish 
va hokazolardir (1-rasm). 
2.1-rasm. Inson salohiyatining xususiyatlari
7
 
7
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va 
texnologiya, 2013. – 36 b 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling