21
Inson salohiyatining mohiyati samarali mehnat faoliyatining
iqtisodiy asosi sifatidagi
xodimning raqobatbardoshligi hisoblanadi.
Inson salohiyatiga ishlab chiqarishda ro‘y
beradigan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar, innovastiya jarayonlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Mehnat jarayonida xodimning faolligi nihoyatda muhim
ahamiyatga egadir. Insoning ehtiyojni shunchaki anglashi uni bu
ehtiyojlarni qondirish vositalarini topish uchun faol harakat qilishga
olib kelmaydi. Bunda ehtiyoj juda muhim bo‘lishi
va inson uni
qondirishga qodirligiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Faqat
shundagina dastavval anglangan ehtiyoj
motivga –
insonning hatti-
harakatini belgilaydigan ichki barqaror psixologik sababga aylanadi
.
2.2-rasm. Insonning mehnat jarayonidagi faolligi
8
Odatiylik va faollikning qo‘shilishi insonda yuqori mehnat qobi-
liyatini shakllantiradi. Ijod va tafakkur qobiliyatlari qo‘shilib
inson
8
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.:
Fan va
texnologiya, 2013. – 41 b
INSON
Ehtiyojlar
Manfaatlar
Ko
‘
rsatmalar
Motivlar
Maqsadlar
Rahbatlar
Qadriyatlar
Mеhnat jarayonida faollik
22
intellekti hosil bo‘ladi. Yuksak unumli mehnatga qodirlik va intel-
lekt shaxsning oliy imkoniyatlari – iste’dod va daholikni vujudga
keltiradi.
Iste’dod – inson qobiliyatining oliy darajasidir.
Daholik iste’-
doddan o‘z
faoliyati sohasida maktab, butun bir davrni yaratishga
qodirligi bilan belgilanadi.
Xodim o‘z salohiyati poydevoriga tayanib,
kasb bilimlarini
egallab va o‘z vazifalarini aniqlab asoslilikka ega bo‘ladi.
Asoslilik (kompetentlik) egallangan bilim va ko‘nikmalarni
ishga solgan holda korxonada belgilangan maqsadlarga erishish
qobiliyatidir. Asoslilikning ichki (kasb malakasi) va tashqi (chetdan
egallangan) manbalari mavjuddir.
Xodimning kasb asosliligi eng muhim sifatdir. Kasb asosliligi
deyilganda muayyan mehnat jarayonida zarur bo‘lgan o‘ziga xos
qobiliyatlar:
maxsus bilim, ko‘nikmalar va mahorat tushuniladi.
Asoslilikning boshqa turlari ham mavjuddir. Masalan,
funksiyaviy
asoslilik
texnologiyalar,
marketinglar,
moliya
to‘g’risidagi maxsus bilimlarni qamrab oladi. Yangi funksiyaviy
bilimlarni egallash zarur malakaga erishishning garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: