O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
7.2. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi 
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi aholi turmush 
sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholash asoslarini
shuningdek, aholi daromadlarining darajasi, tarkibi va shakllanishidagi 
alohida manbalarning ahamiyatini belgilaydi. Ushbu metodika Milliy 
hisoblar tizimi (MHT)-93 ning xalqaro statistika standartlariga
Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga asoslangan. 
Aholining umumiy daromadlari tarkibi 7.1-jadvalda keltirilgan. 
 
7.1-jadval 
Aholining umumiy daromadlari tarkibi
21
 
Daromadlar tarkibi
 
Umumiy daromadlar (I+II) 

Birlamchi daromadlar 

Ishlab chiqarishdan olingan daromad
1.1 
Mehnat faoliyatidan olingan daromad
1.1.1 
Yollanma ishchilarning daromadi
1.1.2 
Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromad
1.2 
Shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan 
olingan daromad  

Mol-mulkdan olingan daromad
Foizlar
Dividendlar
Mualliflik haqi
Renta va boshqa mol-mulkdan olingan daromadlar 
II 
Transfertlardan daromad
2.1 
Ijtimoiy transfertlar
2.1.1 
Pensiyalar
2.1.2 
Nafaqalar
2.1.3 
Stipendiyalar 
2.2 
Boshqa joriy transfertlar
21
Aholi daromadlari va turmush sifati. O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2014 


80 
Aholi tomonidan olingan daromadlarning tarkibiy taqsimlanishini 
tahlil qilish maqsadida aholi ixtiyoridagi daromad aniqlanadi, chunki 
u aholi iste’mol xarajatlari uchun mumkin bo‘lgan eng katta miqdorni 
aniqlash imkonini beradi. 
Aholi ixtiyoridagi daromad umumiy daromaddan to‘g‘ri soliqlarni 
(ularning qaytarilishini hisobga olgan holda), majburiy yig‘imlar va 
jarimalar hamda bir uy xo‘jaligiga boshqa uy xo‘jaligi tomonidan 
beriladigan moddiy yordam pullarini chegirish orqali hisoblanadi. 
Uy xo‘jaliklari kuzatuvi asosida olingan aholining moddiy 
farovonligi bo‘yicha taqsimlanishi va aholi daromadlarining tabaqa-
lanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qamrovi, vakolatliligi va 
aniqligini baholash maqsadida, mazkur metodika asosida shakllangan 
umumiy daromad ko‘rsatkichlari uy xo‘jaliklari kuzatuvi doirasida 
daromadlar to‘g‘risida olinadigan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. 
Aholi ixtiyoridagi daromadni hisoblash sxemasi 7.2-jadvalda 
keltirilgan. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling