O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Iqtisodiy o‘sishning sifat mezonlari


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
6.4. Iqtisodiy o‘sishning sifat mezonlari 
Iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulot (YaIM) ijobiy dinamikasi 
asosida milliy ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddatli 
o‘zgarishidir. Milliy ishlab chiqarish real hajmining barqaror o‘sishi 
esa iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanganligi darajasiga bog‘liqdir. 
Jahon mamlakatlari o‘z rivojlanish darajasi bo‘yicha odatda 
quyidagi bosqichlarda deb hisoblanadilar: 
- iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan oldingi 
bosqichida. Bu bosqichda iqtisodiy rivojlanishning asosiy xarakat-
lantiruvchi kuchi iqtisodiyotning agrar sektori hisoblanadi; 
- iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishi bosqichida. Bu 
bosqich asosini sanoat ishlab chiqarish va fan-texnika taraqqiyoti 
tashkil etadi; 
- iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan keyingi 
bosqichida. Bu bosqichda yuqori fan sig‘imiga ega tarmoqlar, shu 
jumladan axborot texnologiyalari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Sanoati rivojlangan jamiyat nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich 
bosqichda sanoat sektorining o‘sishi, asosan, ommaviy ishlab 
chiqarish hisobiga ta’minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yuqori 
texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ishlab 
chiqarishning 
mexanizatsiyalashtirilishi 
va 
avtomatlashtirilishi 
xodimlar malakasiga talabni oshiradi. Mehnat jarayonlari mexanizat-
siyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida mazkur tarmoqdan 
bo‘shatilayotgan xodimlar xizmat sohasiga o‘tadilar va jamiyat 
bosqichma-bosqich sanoat rivojlanishidan keyingi holatga o‘tadi. 
Sanoati rivojlangan jamiyatida iqtisodiy o‘sish va insonni 
rivojlantirish xususiyatiga sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’sir 
ko‘rsatadi. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi sanoatni 


73 
rivojlantirish tarkibiy o‘zgarishlarning uch bosqichi orqali ro‘y 
berishidan dalolat beradi: 
1. Mehnat sarfi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishni rivojlantirish. 
Ushbu jarayon, bir tarafdan, ish haqi darajasi past bo‘lishini nazarda 
tutadi, bu o‘z navbatida oilalarning daromadiga va insonni 
rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, ish joylari 
sonining ko‘paytirilishi ish bilan bandlikni rag‘batlantiradi. Bu aholi 
soni barqaror yuqori darajada ko‘payib boradigan hamda fan va 
texnologiya yetarli darajada rivojlanmagan ko‘pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun xosdir. Ayni paytda ko‘p mehnat sarfi talab 
qiladigan tarmoqlarning ustuvorligi insonni rivojlantirish darajasini 
mutanosib taqsimlash muammosini hal etishga yordam beradi. 
2. Kapital sigimi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishlarni 
rivojlantirish ish haqi va daromad darajasi yuqoriroq bo‘lishini 
ta’minlaydi, bu esa insonni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Ayni paytda bunday rivojlanishda ushbu ishlab chiqarishlardagi 
kapitalning ulushi ish kuchi salmog‘idan yuqori bo‘ladi. Bu esa ish 
bilan bandlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
3. Fan sigimi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish yuqori kapital 
sig‘imi xususiyatiga egadir. Yuqori mehnat unumdorligi va rentabellik 
insonni rivojlantirish salohiyatini sezilarli darajada oshirishni 
ta’minlaydi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling