O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
 


71 
6.1-jadval
Iqtisodiy o‘sish turlari
18
 
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish 
Intensiv iqtisodiy o‘sish 
Ishlab chiqarish omillari 
miqdorini avvalgi texnikaviy 
darajani o‘zgartirmasdan oshirish 
Ishlab chiqarish omillari sifatini 
takomillashtirish 
Ishlab chiqarish omillaridan 
foydalanish samaradorligi 
oshishining yo‘qligi 
Ishchilar chiqarish omillaridan 
foydalanish samaradorligining 
oshishi 
Ishchilar sonining oshishi 
Ishchilar malakasining oshishi 
Kapital qo‘yilmalarning oshishi 
Tejamkorlik mexanizmi 
Ishlayotgan xom-ashyo 
hajmining oshishi 
Ilmiy-texnik taraqqiyot 
yutuqlaridan foydalanish 
Mahsulotlar tarkibiy 
tuzilishining o‘zgarmasligi 
Ishlab chiqarishni tashkil qilish 
va uning usullarini 
takomillashtirish 
Tabiat resurslaridan nooqilona 
foydalanish 
Mahsulotlar assortimentini 
kengaytirish va sifatini oshirish 
Iqtisodiy inqirozning 
muqarrarligi 
Tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish 
Intensiv iqtisodiy o‘sish esa ilmiy-texnikaviy bazani takomillash-
tirish va barcha ishlab chiqarish omillaridan yanada samarali 
foydalanib mehnat unumdorligini oshirish orqali ta’minlanadi. Real 
hayotda esa ekstensiv yoki intensiv o‘sish alohida sof holda 
uchramaydi, balki o‘zaro ta’sirlashadi va aralash holatda uchraydi. 
Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sish turlarining xususiyatlarini 
tizimlashtirib quyidagicha ifodalash mumkin. Iqtisodiy o‘sish doimo 
iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta’siri natijasida kelib chiqadi. 
Iqtisodiy o‘sish omillari deb ishlab chiqarishning real hajmi oshishi, 
uning samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini aniqlab 
beruvchi hodisa va jarayonlarga aytiladi. Iqtisodiy omillarga foyda-
lanilayotgan resurslar miqdorini oshirish va sifatini takomillashtirish 
18
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va 
texnologiya, 2013. 


72 
omillari kirsa, noiqtisodiy omillar o‘z ichiga siyosiy, harbiy, geografik, 
iqlimiy, milliy va madaniy omillarni oladi. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir 
qilish mexanizmiga ko‘ra esa omillar bevosita va bilvosita omillarga 
bo‘linadi. Bevosita iqtisodiy o‘sish omillarini beshta guruhga ajratish 
mumkin: mehnat resurslari soni va sifati, asosiy kapitalning 
samaradorligi, tabiiy resurslar miqdori va sifati, boshqaruvning 
samaradorligi, texnologiyalar samaradorligi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling