O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Qisqacha xulosa 
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ‒ yer yuzida tinchlikni 
mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro 
hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda umumiy 
rivojlanish maqsadi – “Salomatlik barcha uchun” maqsadiga erishish 
borasidagi ishlarda muhim o‘rin tutadi. 
YuNESKO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va 
madaniyat bo‘yicha tashkiloti hisoblanadi.


66 
YuNISEF bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga amal qilib
ushbu huquqlar bolalarga nisbatan mustahkam etnik tamoyillar va 
xalqaro axloq standartlariga aylanishiga intiladi. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik 
bo‘yicha boshqarmasi (YuNODK) noqonuniy giyohvand moddalar va 
xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida global peshqadam 
hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorchilik bo‘yicha 
yetakchi dasturi hisoblanadi.
YuUNFPA, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik
jamg‘armasi rivojlanish bo‘yicha xalqaro agentlik hisoblanadi va u 
har bir xotin-qiz, har bir erkak va bolaga sog‘lom hayot kechirish 
hamda imkoniyatlardan teng foydalanish huquqini ilgari surishga 
yordam beradi.
 
Mavzu bo‘yicha savollar 
 
1. Inson taraqqiyotida BMT tizimining roli qanday?
2. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro hamjamiyatdagi 
o‘rni qanday?
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat 
bo‘yicha tashkiloti va uning faoliyat sohalarida so‘nggi yillarda 
qanday yutuqlar amalga oshirildi?
4. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamg‘armasi va 
uning faoliyat sohalari haqida so‘nggi yutuqlar haqida nima deya 
olasiz?
5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik 
bo‘yicha boshqarmasi va uning faoliyat sohalari bo‘yicha nimalarni 
bilasiz?
6. 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
Aholishunoslik 
jamg‘armasi va uning faoliyat sohalari bo‘yicha qanday global 
muammolar hal etiladi?
7. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi va uning 
faoliyat sohalari haqida nimalarni bilasiz?
8. Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha 
birlashgan dasturi va uning faoliyat sohalari haqida nimalarni bilasiz? 
Pandemiya sharoitida BMT strategiyasi qanday bo‘ldi?


67 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling