O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
5.6. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik 
jamgarmasi va uning faoliyat sohalari 
YuUNFPA (United Nations Population Fund), Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi rivojlanish
bo‘yicha xalqaro agentlik hisoblanadi va u har bir xotin-qiz, har bir 
erkak va bolaga sog‘lom hayot kechirish hamda imkoniyatlardan teng 


62 
foydalanish huquqini ilgari surishga yordam beradi. YuUNFPA 
mamlakatlarga qashshoqlik darajasini kamaytirish, xohishga ko‘ra 
homilador bo‘lish, tug‘ish xavfsizligini, har bir yoshning OIV/OITSga 
chalinmasligi, har bir qiz va ayolga tegishli ravishda munosabatda 
bo‘lish hamda ularni hurmat qilishni ta’minlashga doir siyosat va 
dasturlarni ishlab chiqish uchun aholishunoslikka doir ma’lumotlarni 
olish, ulardan foydalanish imkonini beradi. 
Asosiy faoliyat sohalari:
• O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va 
mamlakatning asosiy tibbiyot muassasalari salohiyatini reproduktiv 
salomatlik sohasida yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida 
kuchaytirishga yordam berish. Ushbu yo‘nalish reproduktiv salomatlik 
sohasida zarur asbob-uskuna va vositalarni taqdim etish, o‘quv 
dasturlari va ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, tegishli axborot va 
o‘quv materiallarini chop etish, shuningdek, ommaviy axborot 
vositalari bilan ishlashni o‘z ichiga oladi. YuUNFPA mamlakatdagi 
yirik kontraseptiv vositalar donorlaridan biri hisoblanadi;
• Aholining reproduktiv salomatlik, OIV/OITSga va jinsiy yo‘l 
orqali yuqadigan boshqa xastaliklarga qarshi kurash, istalmagan 
homiladorlik, gender munosabatlari masalalari bo‘yicha bilimini 
yanada yaxshilash hamda ushbu masalalarga doir axborotdan 
foydalanishini oshirish. Bu yo‘nalishdagi ishlar treninglar tashkil etish 
(jumladan, yoshlar o‘rtasida «Tengdosh – tengdoshga» tamoyili 
bo‘yicha o‘qitish uslubi), ijtimoiy tadbirlar va mavzuga oid tadqiqotlar 
o‘tkazish, axborot materiallarini chop etish va ommaviy axborot 
vositalari bilan ishlash orqali amalga oshiriladi; 
• Qarorlar qabul qiluvchi shaxslar, din namoyondalari va 
hamjamiyatlar yetakchilarini YuUNFPA o‘z ishlarini amalga oshirish-
da asoslanadigan eng asosiy hujjatlar, ya’ni aynan Aholishunoslik
va rivojlanish bo‘yicha xalqaro konferensiya Harakatlar platformasi 
(MKNR) va Xotin-qizlarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga 
barham berish konvensiyasi (CEDAW) prinsiplaridan xabardor qilish. 
Ushbu yo‘nalishdagi faoliyat O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va 
boshqa qator sheriklar bilan hamkorlikda ijtimoiy tadbirlar hamda 
o‘quv kurslarini tashkil qilish, axborot materiallarini chop etish va 
ommaviy axborot vositalari bilan ishlashdan iborat; 


63 
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat statistika 
qo‘mitasi va boshqa sheriklar bilan hamkorlikda turli o‘quv va
ijtimoiy tadbirlarni o‘tkazish orqali statistika bilan shug‘ullana-
digan tashkilotlar salohiyatini kuchaytirish. Bundan tashqari, ushbu 
yo‘nalish doirasida tadqiqot ishlari, ommaviy axborot vositalari bilan 
ishlash orqali faoliyat ham amalga oshiriladi, axborot materiallari chop 
etiladi; 
• Hokimlar o‘rinbosarlari va boshqa hokimiyat vakillarini 
aholishunoslik hamda rivojlanish masalalari yuzasidan xabardor qilish 
ishlarini amalga oshirish. Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi 
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi va O‘zbekiston Xotin-qizlar 
qo‘mitasi bilan hamkorlikda treninglar o‘tkazish orqali bajariladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling