O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
5.7. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi
va uning faoliyat sohalari 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi (UNDP - 
United Nations Development Programme) BMTning rivojlanish
sohasidagi global tarmog‘i hisoblanadi. Ushbu dastur islohotlarni 
qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatlarga aholi turmush darajasini 
yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida bilim manbalari, amaliy tajriba 
hamda resurslardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi 166 mamlakatda faoliyat 
ko‘rsatadi. Global va milliy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘z 
qarorlarini ishlab chiqishda ular bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 
BMTRD 1993-yil yanvarda O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini 
ochdi. BMTRD o‘n besh yildan buyon O‘zbekiston hukumati
fuqarolik jamiyati va aholisiga o‘tish davri muammolarini hal etishda 
va mamlakatni rivojlantirishda yordam berib kelmoqda. Tashkiloti 
hukumatlar va nohukumat institutlarga O‘zbekiston xalqiga farovon va 
porloq kelajakka erishish uchun iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlarni 
amalga oshirishda muntazam ko‘maklashmoqda. 
Asosiy faoliyat sohalari.
BMTRDning amaldagi mamlakatlar dasturi (2005-2009)
doirasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordami ikkita o‘zaro
uzviy maqsadga erishish – hukumatga iqtisodiy va demokratik
islohotlarni jadallashtirishda, shuningdek, fuqarolik jamiyatining 


64 
milliy va xalqaro darajada rivojlanish jarayonida ishtirok etishiga 
ko‘maklashishga qaratilgan. BMTRD quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha 
faoliyat ko‘rsatmoqda: 
• Iqtisodiy rivojlanish. 
• Atrof-muhit va energetika. 
• Samarali boshqaruv. 
BMTRD 
axborot 
va 
kommunikastiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish, erkaklar va xotin-qizlar tengligi va inson huquqlariga 
rioya qilinishi uchun kurashga alohida e’tibor qaratmoqda. 
BMT Rivojlanish dasturi inson rivojlanishi konsepsiyasini
qo‘llab-quvvatlaydigan hamda rivojlantiradigan asosiy tashkilot 
hisoblanadi. BMTRD tomonidan chop etiladigan. Inson rivojlanishi 
to‘g‘risidagi yillik ma’ruza global va milliy darajada rivojlanish 
sohasida bahs-munozaralar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’ruza 
hukumatga mavjud ahvolning batafsil tahlilini va siyosiy tavsiyalarni 
taqdim etadi. 
BMTRD bezgak, sil kasalligi va OITSga qarshi kurash bo‘yicha 
global jamg‘arma, Yevropa Ittifoqi va Global ekologik jamg‘arma 
loyihalarini ma’muriy jihatdan boshqaradi, shuningdek, boshqa 
xalqaro hamda donor tashkilotlar uchun ishonchli sherik va hamkor 
sanaladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling