O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy faoliyat sohalari
Asosiy dasturlar. Ona va bola salomatligini saqlash, Ilk bolalik
davridagi rivojlanish va sifatli asosiy ta’lim, Bola himoyasi, Oilalar va jamoalar rolini oshirish, Oilaviy ta’lim, Mahalliy salohiyatni kuchaytirish, OIV/OITS va yoshlar, Favqulodda sharoitlarga tayyorgarlik. 5.5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va uning faoliyat sohalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi YUNODK (UNODC – United Nations Office on Drugs and Crime) noqonuniy giyohvand moddalar va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida global peshqadam hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorchilik bo‘yicha yetakchi dasturi hisoblanadi. YUNODK 1997-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida ishlayotgan taxminan 500 nafar xodimga ega. Uning bosh qarorgohi Venada joylashgan, tarkibiga joylardagi 21 bo‘lim, shuningdek, Nyu-Yorkdagi aloqa byurosi va Bryusseldagi doimiy vakolatxonasi kiradi. Joylardagi xodimlar hukumatlar va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish sohasida yordam ko‘rsatilayotgan mamlakatlarga ehtiyoj- lariga mos dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirmoqda. Asosiy faoliyat sohalari: Giyohvand moddalarga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish faoliyati: YuNODK giyohvand moddalar ustidan nazorat to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani samarali amalga oshirish orqali 60 giyohvand moddalarni nazorat qilish uchun tegishli amaliy huquqiy va institutsional asoslarni o‘rnatish borasida ish yuritadi. Giyohvand moddalarni suiiste’mol qilishning oldini olish, davolash va ta’siriga berilishni reabilitatsiya qilish: YuNODK ko‘pin- cha hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan giyohvand moddalarni suiiste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan qator loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, tashkilot giyohvand- likka berilganlarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarga oid materiallarni ham chop etadi. Tirikchilik uchun barqaror vositalar manbalari: dunyoda yetishtiriladigan kokainning katta qismi uch mamlakat – Boliviya, Kolumbiya va Peruda, qoradorining katta qismi esa Afg‘oniston va Myanmada yetishtiriladi. YuNODK ushbu mamlakatlar bilan fermerlar va giyohvand moddalarni yetishtirishga daxldor boshqa shaxslar tirikchilik qilishining muqobil barqaror manbalarini rivoj- lantirish maqsadida hamkorlik qiladi. Tadqiqotlar va tahlillar: giyohvand moddalar to‘g‘risidagi yillik butun jahon ma’ruzasi noqonuniy giyohvand moddalar sohasidagi tendenstiyalarning keng qamrovli sharhlaridan biridir. YuNODK giyohvand moddalar va jinoyatchilikka oid qator tadqiqotlar hamda ma’ruzalarni tayyorlaydi. Shuningdek, boshqarma narkotiklar ishlab chiqaradigan mamlakatlarda yetishtiriladigan tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan ekinlarni har yili tadqiq qiladi. Odam savdosi: ma’lumotlarni to‘plash, baholash va texnik hamkorlik ushbu sohada YuNODK faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Tashkilot vaziyatni baholashga asoslangan hamkorlik dasturlarini amalga oshirish orqali odamlar savdosining kelib chiqishi, tranziti va uning jabrdiydalarini aniqlashda mamlakatlarga yordam beradi. Terrorchilik: YuNODK ushbu sohada Birlashgan Millatlar Tashkilotining yetakchi dasturi hisoblanadi. Uning asosiy tezkor faoliyati terrorchilikka qarshi kurashning huquqiy uslublarini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu maqsadga asosan tashkilotga a’zo davlatlarga qonuniy va texnik yordam ko‘rsatish orqali erishiladi. Nopok pul mablag‘larini qonuniylashtirish: YuNODK nopok pul mablag‘larini qonuniylashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishni rag‘batlantiradi, yuzaga keladigan muam- 61 molar va qarshi javob qaytarish choralarini kuzatib boradi hamda tahlil qiladi, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda nopok yo‘llar bilan topilgan pul mablag‘larini qonuniylashtirishga qarshi kurashishga oid tashabbuslarni amalga oshirishni muvofiqlashtiradi. Korrupsiya: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 2005-yil 14-dekabrda kuchga kirgan. Uni amalga oshirish masalalari esa YuNODK shafeligida ko‘rib chiqiladi. YuNODK tashkilotga a’zo davlatlarga tegishli qonunchilikni qabul qilish va aktivlarni qaytarish masalalarida texnik yordam ko‘rsatish orqali Konvensiyani amalga oshirishda ko‘maklashadi. Uyushgan jinoyatchilik: YuNODK qator mamlakatlarda uyushgan jinoyatchilikka yanada muvaffaqiyatli qarshi turish uchun jinoiy odil sudlov tizimi xodimlarini tayyorlash bilan shug‘ul- lanmoqda. Bundan tashqari, boshqarma transchegara axborot alma- shuvini kengaytirib, uyushgan jinoyatchilik sohasidagi yo‘nalishlarni baholaydi va tahlil qiladi. OIV/OITS: giyohvand moddalarni inyeksiya yo‘li bilan iste’mol qilish OIV bilan zararlanish o‘rtasidagi bog’liqlik OIV/OITS muammosini yuzaga keltirishi sababli YuNODKni ko‘proq tashvishga solmoqda. Boshqarma o‘z sa’y-harakatlarini MDH, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo davlatlari, Tinch okeani hududi, shuningdek, Lotin Amerikasining janubidagi mintaqalarga qaratmoqda. YuNODK Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturining (YuNEYDS) homiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Axborot-ma’rifiy ishlar/sheriklik munosabatlari: Boshqarma giyohvand moddalar, OIV/OITS, korrupsiya va odamlar savdosi kabi mavzular bo‘yicha axborot va ma’rifiy materiallar tayyorlaydi. YuNODK, shuningdek, butun dunyoda nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling