O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


  5.4. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamg


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 


58 
5.4. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamgarmasi 
(YuNISEF) va uning faoliyat sohalari 
YuNISEF (UNICEF - United Nations International Children's 
Emergency Fund) bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning
asosiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har 
tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga 
qaratilgan faoliyat yuritishni nazarda tutuvchi BMT Bosh Assambleya-
sining mandatiga ega. 
YuNISEF bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga amal qilib, 
ushbu huquqlar bolalarga nisbatan mustahkam etnik tamoyillar va 
xalqaro ahloq standartlariga aylanishiga intiladi. 
YuNISEF bolalar omon qolishi, ularni himoya qilish va 
rivojlantirish bolalarning universal rivojlanish imperativlari va inson 
jamiyati taraqqiyotining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlaydi. 
YuNISEF “asosiy e’tibor – bolalarga” tamoyilini amalga oshirish 
va tegishli siyosat ishlab chiqish hamda bolalar va ularning oilalari 
uchun xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasida shaxsiy salohiyatni 
yaratishda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish 
uchun siyosiy iroda va moddiy resurslarni safarbar qiladi. 
YuNISEF urush, tabiiy ofat, o‘ta kambag‘allik, zo‘ravonlik va 
bolalar mehnatidan foydalanishning barcha shakllarining qurboni 
bo‘lgan va eng nomaqbul vaziyatda yashab yurgan bolalar hamda 
nogiron bolalarni alohida himoya qilishni ta’minlash tarafdoridir. 
YuNISEF favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaziyatda bolalar 
huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamkor tashkilotlari va 
insonparvarlik muassasalari bilan muvofiq ravishda harakat qilib, 
YuNISEF bolalarga va ularga g‘amxo‘rlik qiladiganlarga yordam 
berish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish uchun o‘zining noyob 
imkoniyatlarini taqdim etadi. 
YuNISEF beg‘araz tashkilot bo‘lib, o‘zining hamkorlik 
harakatlarida hech qanday diskriminastiyani namoyon etmaydi. Barcha 
turdagi faoliyat yuritishda uning sa’y-harakatlari birinchi navbatda eng 
noma’qul ahvolda bo‘lgan bolalar va eng muhtoj mamlakatlarga 
yordam berishga qaratilgan. 


59 
YuNISEF o‘zining mamlakatlararo dasturlarini amalga oshirish 
doirasida o‘z sa’y-harakatlarini ayollar va qizlar teng huquqligini 
ta’minlashga qaratadi hamda ular jamoalarining siyosiy, ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlanishida ayollar va qizlarning har tomonlama ishtirokini 
qo‘llab-quvvatlaydi. 
YuNISEF xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘yilgan inson 
salohiyatini barqaror rivojlantirish maqsadlariga erishish hamda 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e’lon qilingan tinchlik 
va ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun o‘zining barcha sheriklari bilan 
hamkorlik qiladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling