O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Iqtisodiy o‘sish omillari va turlari


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

6.3. Iqtisodiy o‘sish omillari va turlari 
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki 
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari
deb ham atalib, iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan 
ko‘rsatkichlardan tashqari yana keyingi qo‘shilgan ishlab chiqarish 
omillari unumdorligi ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Turli mamlakatlardagi tarixiy va jo‘g‘rofiy shart-sharoitlarning va 
rivojlanish darajasining, moddiy va moliyaviy resurslarning turlicha 
ekanligi bu davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasini yagona bir 
iqtisodiy ko‘rsatkich bilan baholash imkonini bermaydi. Shuning 
uchun mazkur ko‘rsatkichlarning butun bir tizimi mavjud bo‘lib, ular 
orasida, eng avvalo, quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: 
- real YaIMning umumiy hajmi
- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulot; 
- iqtisodiyotning tarmoq tarkibi; 
- aholi jon boshiga asosiy turdagi mahsulotlarning ishlab 
chiqarilishi; 
- aholining turmush darajasi va turmush sifati; 
- iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari. 
Iqtisodiy o‘sish ekstensiv va intensiv turlarga bo‘linadi. 
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan 
resurslar hajmining oshishi natijasida kelib chiqadi. Boshqacha 
aytganda, ekstensiv iqtisodiy o‘sish tabiiy resurslar, ishchi kuchi va 
kapital kabi ishlab chiqarish omillarini qo‘shimcha jalb qilish va faqat 
ularning miqdoriy oshishi hisobiga ro‘y beradi. Bunda ularning sifat va 
texnikaviy darajasi o‘zgarmasdan qoladi (1-jadval). 
 
 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling