O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy o‘sish nazariyalari
6.1-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari 17 Sof jamg‘armalarining miqdori (S) qanchalik katta bo‘lsa, investitsiyalar miqdori, demak o‘sish sur’ati ham shu darajada yuqori bo‘ladi. Kapital sig‘imi (S – kapitalning ishlab chiqarilayotgan 17 Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va texnologiya, 2013. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari Nazariyalar Ilmiy maktab vakillari Nazariya mohiyati Yangi kеynscha nazariya Yangi klassik nazariya Empirik nazariyalar Endogеn o ‘ sish nazariyalari R.Harrod, Е.Domar R.Solou, J.Mid E.Dеnison, R.Barro R.Lukas, P.Romеr O‘sishning yagona omili – kapital. Talabning o‘sishi taklifning o‘sishiga tеngdir Iqtisodiy o ‘ sish manbalari – invеstitsiyalar, ishchi kuchi soni va tеxnika taraqqiyotidir Iqtisodiy o ‘ sish manbalari – mеhnat va kapital, mеhnat unumdorligining ortishi Iqtisodiy o ‘ sishning asosiy omili – inson kapitalining sifati 69 mahsulot miqdoriga nisbati) qancha katta bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish sur’ati shuncha past bo‘ladi. 6.2. Iqtisodiy o‘sish va uning o‘lchanishi Yalpi talab - yalpi taklifi modeli yordamida makroiqisodiy jarayonlarni tahlil qilinsa, qisqa davrda real YaIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch kelinadi. To‘liq bandlilik darajasiga erishilgandan so‘ng real YaIM hajmini bundan keyingi ko‘paytirish uchun yalpi taklif egri chizig‘ini o‘ngga siljishiga erishishimiz, ya’ni foydalani- layotgan resurslar miqdorini ko‘paytirishimiz zarur. Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytgani- mizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiq- tisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog’liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiyla- shishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling