O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
6.1-rasm. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari
17
 
Sof jamg‘armalarining miqdori (S) qanchalik katta bo‘lsa, 
investitsiyalar miqdori, demak o‘sish sur’ati ham shu darajada yuqori 
bo‘ladi. Kapital sig‘imi (S – kapitalning ishlab chiqarilayotgan 
17
Inson taraqqiyoti. Darslik. i.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida. – T.: Fan va 
texnologiya, 2013. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyalari 
Nazariyalar 
Ilmiy maktab vakillari 
Nazariya mohiyati 
Yangi kеynscha nazariya 
Yangi klassik nazariya 
Empirik nazariyalar 
Endogеn o

sish 
nazariyalari 
R.Harrod, Е.Domar 
R.Solou, J.Mid 
E.Dеnison, R.Barro 
R.Lukas, P.Romеr 
O‘sishning yagona omili 
– kapital. Talabning 
o‘sishi taklifning 
o‘sishiga tеngdir 
Iqtisodiy o

sish manbalari 
– invеstitsiyalar, ishchi 
kuchi soni va tеxnika 
taraqqiyotidir 
Iqtisodiy o

sish 
manbalari – mеhnat va 
kapital, mеhnat 
unumdorligining ortishi 
Iqtisodiy o

sishning 
asosiy omili – inson 
kapitalining sifati 


69 
mahsulot miqdoriga nisbati) qancha katta bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish 
sur’ati shuncha past bo‘ladi. 
 
6.2. Iqtisodiy o‘sish va uning o‘lchanishi 
 
Yalpi talab - yalpi taklifi modeli yordamida makroiqisodiy 
jarayonlarni tahlil qilinsa, qisqa davrda real YaIMni oshirish 
imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi 
muammosiga duch kelinadi. To‘liq bandlilik darajasiga erishilgandan 
so‘ng real YaIM hajmini bundan keyingi ko‘paytirish uchun yalpi 
taklif egri chizig‘ini o‘ngga siljishiga erishishimiz, ya’ni foydalani-
layotgan resurslar miqdorini ko‘paytirishimiz zarur.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlik sharoitiga mos keluvchi potensial 
ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini 
anglatadi. 
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytgani-
mizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. 
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, 
shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning 
o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul 
bilan o‘lchanadi. 
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga 
nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiq-
tisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
real YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, 
YaMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy 
nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol 
va investitsiyalarga bo‘linishiga bog’liq deb qaraladi. 
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va 
yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi
resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiyla-
shishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha 
muqobillik mavjud, chunki joriy iste’mol miqdorining oshishi 
investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish 
imkoniyatlarini qisqartiradi. 


70 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling