O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Iqtisodiy o‘sishning sifat mezonlari
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
6.4. Iqtisodiy o‘sishning sifat mezonlari Iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulot (YaIM) ijobiy dinamikasi asosida milliy ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddatli o‘zgarishidir. Milliy ishlab chiqarish real hajmining barqaror o‘sishi esa iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanganligi darajasiga bog‘liqdir. Jahon mamlakatlari o‘z rivojlanish darajasi bo‘yicha odatda quyidagi bosqichlarda deb hisoblanadilar: - iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan oldingi bosqichida. Bu bosqichda iqtisodiy rivojlanishning asosiy xarakat- lantiruvchi kuchi iqtisodiyotning agrar sektori hisoblanadi; - iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishi bosqichida. Bu bosqich asosini sanoat ishlab chiqarish va fan-texnika taraqqiyoti tashkil etadi; - iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan keyingi bosqichida. Bu bosqichda yuqori fan sig‘imiga ega tarmoqlar, shu jumladan axborot texnologiyalari birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Sanoati rivojlangan jamiyat nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda sanoat sektorining o‘sishi, asosan, ommaviy ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi xodimlar malakasiga talabni oshiradi. Mehnat jarayonlari mexanizat- siyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida mazkur tarmoqdan bo‘shatilayotgan xodimlar xizmat sohasiga o‘tadilar va jamiyat bosqichma-bosqich sanoat rivojlanishidan keyingi holatga o‘tadi. Sanoati rivojlangan jamiyatida iqtisodiy o‘sish va insonni rivojlantirish xususiyatiga sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi sanoatni 73 rivojlantirish tarkibiy o‘zgarishlarning uch bosqichi orqali ro‘y berishidan dalolat beradi: 1. Mehnat sarfi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishni rivojlantirish. Ushbu jarayon, bir tarafdan, ish haqi darajasi past bo‘lishini nazarda tutadi, bu o‘z navbatida oilalarning daromadiga va insonni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, ish joylari sonining ko‘paytirilishi ish bilan bandlikni rag‘batlantiradi. Bu aholi soni barqaror yuqori darajada ko‘payib boradigan hamda fan va texnologiya yetarli darajada rivojlanmagan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xosdir. Ayni paytda ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan tarmoqlarning ustuvorligi insonni rivojlantirish darajasini mutanosib taqsimlash muammosini hal etishga yordam beradi. 2. Kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ish haqi va daromad darajasi yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa insonni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayni paytda bunday rivojlanishda ushbu ishlab chiqarishlardagi kapitalning ulushi ish kuchi salmog‘idan yuqori bo‘ladi. Bu esa ish bilan bandlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Fan sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish yuqori kapital sig‘imi xususiyatiga egadir. Yuqori mehnat unumdorligi va rentabellik insonni rivojlantirish salohiyatini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling