O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


-bob. IQTISODIY O‘SISH VA INSON TARAQQIYOTI


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

6-bob. IQTISODIY O‘SISH VA INSON TARAQQIYOTI 
 
6.1. Iqtisodiy o‘sishning asosiy nazariyalari 
6.2. Iqtisodiy o‘sish va uning o‘lchanishi 
6.3. Iqtisodiy o‘sish omillari va turlari 
6.4. Iqtisodiy o‘sishning sifat mezonlari 
6.5. Iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlik 
 
6.1. Iqtisodiy o‘sishning asosiy nazariyalari 
Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar: 
- iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari
- iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari
- iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari; 
- endogen o‘sishning yangi nazariyalari (6.1-rasm). 
Iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha, bir omilli modeli ingliz 
iqtisodchisi Roy Harrod va amerikalik iqtisodchi Evsey Domar 
tomonidan taklif etilgan. Uni odatda Harrod-Domar modeli deb 
atashadi. Bu modelda kapital iqtisodiy o‘sishning yagona omili sifatida 
hisobga olinadi. Mazkur omil go‘yoki o‘zida barcha boshqa omillar 
amal etishini sintez qiladi. Bunda barcha omillar ishtirok etishi
talabning ortishi taklifning ortishiga tengligi nazarda tutiladi. 
Model mualliflarining hisoblashicha, mehnat umumdorligi ortgan 
holatlarda kapital sig‘imining koeffitsiyenti, ya’ni kapitalning 
mahsulot ishlab chiqarishga nisbati jiddiy ravishda o‘zgarmaydi. 
Tegishli ravishda “kapital-mehnat” nisbati hamda mahsulot ishlab 
chiqarishning mehnat sarflariga nisbati ortadi. Shuning uchun bir 
omilli modelning ko‘rsatkichi – “kapital-mahsulot ishlab chiqarish” 
nisbati amalda avvalgidek qoladi. 
Harrod-Domar modeli uzoq muddatli davrda iqtisodiy o‘sish 
muammolarini qarab chiqishda yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. 
Ushbu model iqtisodiy o‘sishni sodda va yaqqol shaklda namoyon 
etib, o‘zaro bog‘liqlikni uning dinamikasida tasavvur etishga yordam 
beradi. Bu modelning formulasi quyidagichadir: 
 
G = S:C, 
bunda: G - iqtisodiy o‘sish sur’ati; 


68 
S – “kapital-mahsulot ishlab chiqarish nisbati” (kapital sig‘imi 
koeffitsiyenti); 
S – milliy daromaddagi jamg‘armalar ulushi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling