O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
Qisqacha xulosa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ‒ yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda umumiy rivojlanish maqsadi – “Salomatlik barcha uchun” maqsadiga erishish borasidagi ishlarda muhim o‘rin tutadi. YuNESKO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti hisoblanadi. 66 YuNISEF bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga amal qilib, ushbu huquqlar bolalarga nisbatan mustahkam etnik tamoyillar va xalqaro axloq standartlariga aylanishiga intiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (YuNODK) noqonuniy giyohvand moddalar va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida global peshqadam hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorchilik bo‘yicha yetakchi dasturi hisoblanadi. YuUNFPA, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi rivojlanish bo‘yicha xalqaro agentlik hisoblanadi va u har bir xotin-qiz, har bir erkak va bolaga sog‘lom hayot kechirish hamda imkoniyatlardan teng foydalanish huquqini ilgari surishga yordam beradi. Mavzu bo‘yicha savollar 1. Inson taraqqiyotida BMT tizimining roli qanday? 2. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni qanday? 3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti va uning faoliyat sohalarida so‘nggi yillarda qanday yutuqlar amalga oshirildi? 4. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamg‘armasi va uning faoliyat sohalari haqida so‘nggi yutuqlar haqida nima deya olasiz? 5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va uning faoliyat sohalari bo‘yicha nimalarni bilasiz? 6. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi va uning faoliyat sohalari bo‘yicha qanday global muammolar hal etiladi? 7. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rivojlanish dasturi va uning faoliyat sohalari haqida nimalarni bilasiz? 8. Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi va uning faoliyat sohalari haqida nimalarni bilasiz? Pandemiya sharoitida BMT strategiyasi qanday bo‘ldi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling