O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
5.8. Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha 
birlashgan dasturi va uning faoliyat sohalari 
YuNEYDS (UNAIDS - Joint United Nations Programme on 
HIV/AIDS), Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha 
birlashgan dasturi BMT tizimining innovatsion qo‘shma tashabbusi 
hisoblanadi. Dastur yangi OIV-infeksiyalari paydo bo‘lishining oldini 
olishda, OIVni yuqtirgan odamlarni davolash va ularni davolashni 
ta’minlash hamda epidemiya ta’sirini yumshatishda butun dunyoga 
yordam berish maqsadida, OITSga qarshi kurash choralarini amalga 
oshirishda BMT tizimidagi o‘nta agentlikning sa’y-harakatlari va
resurslarini birlashtirgan. Bosh qarorgohi Jenevada (Shveytsariya) 
joylashgan YuNEYDS kotibiyati dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 


65 
O‘zbekistonda BMTning epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha 
kelishilgan chora-tadbirlari BMTning Mavzuga oid guruhi va OITS 
bo‘yicha birlashgan 
guruhi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. 
YuNISEF, BMTRD, YuNFPA, YuNODK, YuNESKO, JSST va Jahon 
banki mamlakatda dasturning qo‘shma homiylari sirasiga kiradi. 
YuNEYDS 2010-yili OIVning oldini olish, davolash va 
parvarishdan umumiy foydalanish maqsadiga erishishga imkon qadar
yaqinlashish uchun davlat hamda fuqarolik jamiyatini ifoda
etadigan turli sektorlar va sheriklar ishtirokida amalga oshirilayotgan 
OITSga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni tashkil 
etish hamda ro‘yobga chiqarishda yordam ko‘rsatmoqda. 
Asosiy faoliyat sohalari. 
YuNEYDS OITSga qarshi kurash bo‘yicha samarali milliy 
choralarni amalga oshirish uchun quyidagi besh asosiy sohada faoliyat 
ko‘rsatadi: 

epidemiyaga samarali qarshi kurash maqsadida boshqaruv va 
siyosiy muloqotni safarbar etish

strategik axborot va uslublarni taqdim etish; 

epidemiyani kuzatish, monitoring qilish va baholash; 

fuqarolik jamiyatini jalb etish va sheriklar o‘rtasida hamkorlikni 
rivojlantirish; 

samarali 
javob 
choralarini 
qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha 
moliyaviy, inson va texnik resurslarni safarbar etish. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling