64
milliy va xalqaro darajada rivojlanish jarayonida ishtirok etishiga
ko‘maklashishga qaratilgan. BMTRD quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha
faoliyat ko‘rsatmoqda:
• Iqtisodiy rivojlanish.
• Atrof-muhit va energetika.
• Samarali boshqaruv.
BMTRD
axborot
va
kommunikastiya
texnologiyalarini
rivojlantirish, erkaklar va xotin-qizlar tengligi
va inson huquqlariga
rioya qilinishi uchun kurashga alohida e’tibor qaratmoqda.
BMT Rivojlanish dasturi inson rivojlanishi konsepsiyasini
qo‘llab-quvvatlaydigan hamda rivojlantiradigan asosiy tashkilot
hisoblanadi. BMTRD tomonidan chop etiladigan.
Inson rivojlanishi
to‘g‘risidagi yillik ma’ruza global va milliy darajada rivojlanish
sohasida bahs-munozaralar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’ruza
hukumatga mavjud ahvolning batafsil tahlilini va siyosiy tavsiyalarni
taqdim etadi.
BMTRD bezgak, sil kasalligi va OITSga qarshi kurash bo‘yicha
global jamg‘arma, Yevropa Ittifoqi va Global ekologik jamg‘arma
loyihalarini ma’muriy
jihatdan boshqaradi, shuningdek, boshqa
xalqaro hamda donor tashkilotlar uchun
ishonchli sherik va hamkor
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: