O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
5.3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va
madaniyat bo‘yicha tashkiloti va uning faoliyat sohalari 
YuNESKO (UNESCO – United Nations Educational, Scientific 
and Cultural Organization) Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti bo‘lib, 1945-yilning 16-
noyabr kuni tashkil etilgan, qarorgohi Parij shahridadir. BMT


57 
ixtisoslashgan agentligi bo‘lmish YuNESKO tinchlikni qaror 
toptirish, kambag‘allikka qarshi kurash, barqaror rivojlanish, ta’lim, 
ilm-fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot yordamida 
madaniyatlararo dialogga ko‘maklashadi hamda shu tariqa 193 ta 
a’zo mamlakat va 6 ta assostiativ a’zo davlat o‘rtasida xalqaro 
hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. YuNESKO umumiy qadriyatlarni 
hamda har bir stivilizastiya va madaniyatning qadr-qimmatini 
hurmatlashga asoslangan ochiq dialog uchun sharoit yaratish yo‘lida 
xizmat qiladi. 
YuNESKOning 
Toshkentdagi 
vakolatxonasining 
asosiy 
vazifasi O‘zbekistonda Kotibiyat nomidan ish yuritish, bu yerda 
joylashgan butun boshli BMT sistemasi faoliyatini rejalashtirish va 
amalga oshirishda ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya 
masalalari e’tiborga olinishini ta’minlash, YuNESKO ishlari 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamda
mahalliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda YuNESKO 
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun fondlarni 
shakllantirishdan iboratdir. 
YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi hukumatga
texnik maslahatlar berish, me’yorlar ishlab chiqish, innovatsion 
loyihalar va axborot almashuv uchun tarmoq tashkil etish orqali 
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish va ta’lim tizimi imkon
qadar ko‘proq kishilarni qamrab olishiga ko‘maklashishdan 
iborat. Tashkilot, shuningdek, O‘zbekistonning moddiy va 
nomoddiy merosi kelgusi avlodlar qo‘liga bus-butun yetib borishi
uchun muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash ishiga yordam
beradi. Bundan tashqari, YuNESKO madaniy rang-baranglik va 
madaniyatlararo dialogni taraqqiyot va tinchlikka erishishda o‘ta 
samarali vosita deb biladi. YuNESKO, shuningdek, ilmiy va
texnologik jarayon turli jamoalarning madaniy, huquqiy, falsafiy
va diniy merosiga asoslangan axloqiy me’yorlarga tayanishi
kerak, deb hisoblaydi. Ushbu tashkilot axborot va bilim olishga
hammaning imkoni bo‘lishi tarafdori hamda O‘zbekistonda 
kommunikatsiya sohasining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling