O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


  4.4. Mingyillik rivojlanish maqsadlari monitoringini amalga


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 


48 
4.4. Mingyillik rivojlanish maqsadlari monitoringini amalga 
oshirish uchun tanlangan indikatorlar va vazifalar majmuyi 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik deklaratsiyasi bosh 
Assambleyaning 2000-yil 8-sentabrdagi 55/2-Rezolyutsiyasi bilan 
ta’sis etilgan. 
U quyidagi bo‘limlarni o‘z ichida olgan:
I. Qadriyatlar va tamoyillar 
II. Tinchlik, xavfsizlik, qurolsizlanish 
III. Rivojlanish va qashshoqlikka barham berish 
IV. Umumiy atrof-muhitimizni muhofaza qilish 
V. Inson huquqlari, demokratiya va ezgu boshqarish 
VI. Nochorlarni himoyalash 
VII. Afrikaning alohida ehtiyojlarini qondirish 
VIII. Birlashgan Millatlar Tashkilotini mustahkamlash 
O‘zbekiston uchun MRMni quyidagicha ta’riflash mumkin: 
1. Kam ta’minlanganlikni va qoniqarsiz oziqlantirishni qis-
qartirish. 
2. Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash. 
3. Ayollar va erkaklar tengligini rag‘batlantirish va ayollarning 
huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
4. Bolalar o‘limini kamaytirish.
5. Onalar sog‘lig‘ini yaxshilash.
6. OITS/OIV, sil va boshqa kasalliklarga qarshi kurash. 
7. Ekologik barqarorlikni ta’minlash.
8. Rivojlanish maqsadlarida global sheriklikni shakllantirish. 
 
4.5. Global va milliy mingyillik rivojlanish maqsadlarining 
ustuvorliklari, chaqiriqlari va imkoniyatlari 
Butun dunyo insoniyati qashshoqlik, tengsizlik va iqlim o‘zgarishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yechimini talab qilmoqda. 
2015-yil 25-sentabr kuni barcha mamlakatlarning yetakchilari 
Mingyillik rivojlanish maqsadlarini o‘zida jamlagan, 2030-yilgacha 
bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, 
talablardan aniq harakatlarga o‘tish maqsadida Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishdi.


49 
Barqaror taraqqiyot 2030-yilgacha dasturi yangi 17 ta Barqaror 
taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan yoki Global maqsadlardan iborat 
bo‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar 
yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturdir. Unda dunyo mamlakat-
larining yetakchilari dunyoning barcha nuqtalarida qashshoqlikka 
batamom barham berishga va’da qilishi kutiladi. 
Barqaror taraqqiyot maqsadlari konsepsiyasi 2015-yilda bo‘lib 
o‘tgan BMTning Barqaror taraqqiyot mavzusidagi Rio+20 
konferensiyasida paydo bo‘ldi. Mazkur konferensiya davomida 
barqaror rivojlanish konsepsiyasining uchta tamoyili, xususan, 
ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash tamoyillarini 
qamrab oluvchi vazifalar ham belgilab olingan. 
Global maqsadlar 2000-yilda qabul qilingan va qashshoqlikka 
qarshi kurashish masalalarini yechishni ko‘zda tutgan 15 yillik dastur – 
Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM)ning davomi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Mingyillik taraqqiyot maqsadlari doirasida qashshoqlik va 
ochlikka barham berish, o‘limga olib keluvchi, lekin davolasa 
bo‘ladigan kasalliklarning oldini olish, barcha bolalar uchun ta’lim 
olish imkoniyatini ta’minlash va rivojlanish sohasidagi shu kabi 
boshqa yo‘nalishlardagi o‘lchab bo‘ladigan, barcha tomonlar bilan 
kelishilgan vazifalar va maqsadlar belgilab olingan edi. 
Mingyillik taraqqiyot maqsadlari quyidagi kabi yo‘nalishlarda 
“yo‘l ko‘rsatgich” bo‘lib xizmat qilgan: 
- daroman bo‘yicha qashshoqlik; 
- yaxshilangan suv manbalaridan foydalanish imkoniyati; 
- bolalarning boshlang‘ich ta’lim muassasalarida o‘qishi; 
- bolalar orasidagi o‘lim darajasi. 
Yuqoridagi vazifalar millionlab insonlar uchun hali to‘laqonli 
bajarilmay qolganligini inobatga olganda, tanlangan yo‘lning oxirgi 
qismini bosib o‘tib, qashshoqlikka batamom barham berish, to‘liq 
gender tenglikka erishish, sog‘liqni saqlash sohasining sifatini oshirish, 
har bir bola maktab ta’limini olish imkoniyatiga ega bo‘lishini 
ta’minlash lozim. Endi dunyoni barqaror taraqqiyot yo‘liga 
yo‘naltirish kerak. Global maqsadlar aynan shu vazifalarning 
yechimini 2030-yilga qadar topishni nazarda tutadi. 


50 
Mazkur dastur barcha mamlakatlarda joriy etilib, tinchliksevar, 
ochiq jamiyatni yaratish, inson turmushi va mehnat sharoitlarini 
yaxshilash hamda dolzarb bo‘lgan iqlim muammolari, jumladan, iqlim 
o‘zgarishi muammosini hal etish kabi maqsadlarga qaratilgan.
Global maqsadlar Mingyillik taraqqiyot maqsadlari dasturi 
tomonidan boshlab qo‘yilgan ishlarni oxiriga yetkazib, hech bir inson 
taraqqiyot jarayonidan chetda qolib ketmasligini ta’minlashni nazarda 
tutadi. 
Barqaror rivojlanish jamg‘armasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti-
ning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Ispaniya hukumatining 
boshlang‘ich sarmoya tariqasida ajratilgan mablag‘i hisobiga joriy 
etilgan bo‘lib, Mingyillik taraqqiyot maqsadlari bosqichidan Barqaror 
taraqqiyot maqsadlari bosqichiga o‘tishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Dunyoning barcha yetakchilarini qashshoqlik va tengsizlik 
darajasini pasaytirish hamda Yerni himoyalashga qaratilgan aniq va 
izchil choralarni ko‘rishga undash har bir insonni burchi etib 
belgilandi. 
Barqaror rivojlanish maqsadlari 17 ta Global maqsadni o‘z ichiga 
olgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
1-maqsad: Qashshoqlikni yo‘q qilish
2-maqsad: Ochlikni yo‘q qilish 
3-maqsad: Sog‘lik-salomatlik 
4-maqsad: Sifatli ta’lim 
5-maqsad: Gender tenglik
6-maqsad: Toza suv va sanitariya 
7-maqsad: Arzon va toza energiya 
8-maqsad: Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish 
9-maqsad: Industrializatsiya, innovatsiyalar va infratuzilma 
10-maqsad: Tengsizlikni qisqartirish
11-maqsad: Barqaror shahar va aholi punktlari 
12-maqsad: Mas’uliyatli iste’mol qilish va ishlab chiqarish 
13-maqsad: Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash 
14-maqsad: Dengiz ekotizimlarini asrash 
15-maqsad: Yer ekotizimlarini asrash 
16-maqsad: Tinchlik, adolat va samarador institutlar 
17-maqsad: Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling