O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


 Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va standartlar


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
4.2. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va standartlar 
 
1966-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Fuqarolik 
va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” va “Iqtisodiy, ijtimoiy 
va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” qabul qilindi. Bu va 
shundan keyin qabul qilingan xalqaro bitimlar inson va fuqaro 
huquqlarining xalqaro standarti hamda bu haq-huquqlarni ta’minlash 
kafolatlarini tasdiqladi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng 
qo‘shilgan 
birinchi 
xalqaro-huquqiy 
hujjat 
“Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi” bo‘ldi. O‘zbekiston inson huquqlari va 
manfaatlarini ijtimoiy rivojlanish va davlat qurilishining, o‘zining 
ichki va tashqi siyosatining eng muhim ustuvori sifatida belgilab oldi. 
O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 60 ta asosiy xalqaro hujjatga 
qo‘shilgani, BMT tomonidan mazkur sohada qabul qilingan 6 ta asosiy 
xalqaro shartnomaning ishtirokchisi ekanligi huddi shundan dalolat 
beradi. 
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
qoidalari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchilikda o‘z 
ifodasini topib, insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlari hamda erkinliklarini ishonarli himoya qilishni 
ta’minlamoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O‘zbekiston xalqi 
inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini 
tantanali ravishda e’lon qilib”
16
so‘zlari 
bilan 
boshlanadi. 
Mamlakatning Asosiy Qonunida mustahkamlab qo‘yilgan O‘zbekiston 
fuqarolarining shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari prinsip 
jihatidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga 
muvofiqdir.
16
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2017. – Б.3. 


45 
Mamlakat Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi to‘laligicha inson 
huquqlari bo‘yicha o‘zbekcha billdir. Boshqacha qilib aytganda
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning yaxlit va
keng qamrovli tizimi mustahkamlangan. Tabiiyki, inson huquqlari 
to‘g‘risidagi bo‘lim davlat organlari tizimiga bag‘ishlangan bo‘limdan 
avval keladi. Davlat huquqlarni taqdim etmaydi, fuqaroning o‘zi unga 
erkinlik bilan berilgan ajralmas tabiiy huquqlardan ongli va 
ma’suliyatli ravishda foydalanadi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling