O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov
5.4. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamg
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди
58 5.4. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) va uning faoliyat sohalari YuNISEF (UNICEF - United Nations International Children's Emergency Fund) bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyat yuritishni nazarda tutuvchi BMT Bosh Assambleya- sining mandatiga ega. YuNISEF bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga amal qilib, ushbu huquqlar bolalarga nisbatan mustahkam etnik tamoyillar va xalqaro ahloq standartlariga aylanishiga intiladi. YuNISEF bolalar omon qolishi, ularni himoya qilish va rivojlantirish bolalarning universal rivojlanish imperativlari va inson jamiyati taraqqiyotining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlaydi. YuNISEF “asosiy e’tibor – bolalarga” tamoyilini amalga oshirish va tegishli siyosat ishlab chiqish hamda bolalar va ularning oilalari uchun xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasida shaxsiy salohiyatni yaratishda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun siyosiy iroda va moddiy resurslarni safarbar qiladi. YuNISEF urush, tabiiy ofat, o‘ta kambag‘allik, zo‘ravonlik va bolalar mehnatidan foydalanishning barcha shakllarining qurboni bo‘lgan va eng nomaqbul vaziyatda yashab yurgan bolalar hamda nogiron bolalarni alohida himoya qilishni ta’minlash tarafdoridir. YuNISEF favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaziyatda bolalar huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamkor tashkilotlari va insonparvarlik muassasalari bilan muvofiq ravishda harakat qilib, YuNISEF bolalarga va ularga g‘amxo‘rlik qiladiganlarga yordam berish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish uchun o‘zining noyob imkoniyatlarini taqdim etadi. YuNISEF beg‘araz tashkilot bo‘lib, o‘zining hamkorlik harakatlarida hech qanday diskriminastiyani namoyon etmaydi. Barcha turdagi faoliyat yuritishda uning sa’y-harakatlari birinchi navbatda eng noma’qul ahvolda bo‘lgan bolalar va eng muhtoj mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan. 59 YuNISEF o‘zining mamlakatlararo dasturlarini amalga oshirish doirasida o‘z sa’y-harakatlarini ayollar va qizlar teng huquqligini ta’minlashga qaratadi hamda ular jamoalarining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida ayollar va qizlarning har tomonlama ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi. YuNISEF xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘yilgan inson salohiyatini barqaror rivojlantirish maqsadlariga erishish hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e’lon qilingan tinchlik va ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun o‘zining barcha sheriklari bilan hamkorlik qiladi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling