O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 
5.2. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti va uning faoliyat sohalari 
1948-yilda tashkil etilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
(JSST) BMTning sog’liqni saqlash bo‘yicha ixtisoslashgan agenti 
hisoblanadi. Uning O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi esa JSST 
tuzilmasini tashkil etadigan oltita mintaqaviy ofislardan biri - Yevropa 
Mintaqaviy Ofisining (JSST YMO) bir qismidir. 
O‘zbekiston 
JSSTga 
1992-yil 
25-mayda 
qo‘shilgan.
JSST Yevropa Mintaqviy Ofisi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik 
1993 yilda boshlangan. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 
mamlakatda umumiy rivojlanish maqsadi – “Salomatlik barcha uchun” 
maqsadiga erishish borasidagi ishlarda muhim o‘rin tutadi. 
Jamoat sog‘ligini saqlash tizimining sog‘liqni saqlash sohasi-
dagi ustuvor vazifalarni samarali hal etish imkoniyatini mustahkam-
lash borasidagi qiyinchiliklarga qaramay, O‘zbekistonda o‘tgan yillar 
mobaynida salmoqli natijalarga erishildi: JSST tomonidan ko‘rsati-
layotgan texnik yordam sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini 
oshirish va innovastiya yondashuvlariniishlab chiqishda Sog‘liqni 
saqlash vazirigi salohiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi va 
bu borada texnik yordam ko‘rsatish orqali barcha darajadagi yordam 
sifatini oshiradi. 
JSSTning mamlakatdagi faoliyati hamkorlikning qator strategik 
yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishlar O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda muntazam 
belgilab boriladi va Hamkorlik to‘g‘risidagi ikki yillik shartnomada 
o‘z aksini topadi. Quyidagi hamkorlik sohalari ustuvor vazifalar 
sifatida belgilangan: 


56 

aholi salomatligining eng dolzarb muammolarini hal etishda 
sog’liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish; 

yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va davolashni yanada 
yaxshilash; 

ona va bola salomatligini mustahkamlash

yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va davolashga 
e’tiborni yanada kuchaytirish; 

ekologik xavfsizlikni mustahkamlash. 
JSST xalqaro vakili tomonidan muvofiqlashtirish va aloqalar
bo‘yicha milliy hamkor ko‘magida boshqariladigan tashkilotning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi bugungi kunda yettita texnik
dasturni o‘z ichiga olgan: OIV/OITS, Parranda grippiga qarshi
kurash, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari, Sil, Ruhiy salomatlikni 
himoya qilish, Immunizatsiya, Oila va Bola salomatligi, shuningdek, 
Ovqatlanish va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi. Har bir texnik 
dastur Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli bo‘limi va milliy 
muvofiqlashtiruvchi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. 
Har bir texnik dastur Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli 
bo‘limi va milliy muvofiqlashtiruvchi hamda «milliy mulk» darajasiga 
erishish uchun parlament, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda faoliyat 
ko‘rsatadi. BMT Rivojlanish dasturi, YuNISEF, Jahon banki, BMT 
Aholishunoslik jamg’armasi, BMTning OIV/OITS bo‘yicha birlashgan
dasturi, YuNESKO, “Chegara bilmas shifokorlar” (Gollandiya),
AQShning Xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi, Amerika yuqumli 
kasalliklarni nazorat qilish markazi (AQSh), “ZdravPlyus”, Osiyo 
taraqqiyot banki, OIV/OITS, sil va bezgakka qarshi kurash bo‘yicha 
global jamg‘arma xalqaro sheriklar hisoblanadi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling