O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

 


51 
Qisqacha xulosa 
 
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
qoidalari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunchiliklarida o‘z 
ifodasini topib, insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlari hamda erkinliklarini ishonarli himoya qilishni 
ta’minlamoqda. Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi yangi 17 ta Barqaror 
taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan yoki Global maqsadlardan iborat 
bo‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar 
yo‘nalishlarini 
belgilab 
beruvchi 
dasturdir. 
Unda 
dunyo 
mamlakatlarining 
yetakchilari 
dunyoning 
barcha 
nuqtalarida 
qashshoqlikka batamom barham berishga va’da qilishi kutiladi. Global 
maqsadlar 2000-yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi 
kurashish masalalarini yechishni ko‘zda tutgan 15 yillik dastur – 
Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM)ning davomi hisoblanadi. 
Yuqoridagi vazifalar millionlab insonlar uchun hali to‘laqonli 
bajarilmay qolganligini inobatga olganda, tanlangan yo‘lning oxirgi 
qismini bosib o‘tib, qashshoqlikka batamom barham berish, to‘liq 
gender tenglikka erishish, sog‘liqni saqlash sohasining sifatini oshirish, 
har bir bola maktab ta’limini olish imkoniyatiga ega bo‘lishini 
ta’minlash lozim. Endi dunyoni barqaror taraqqiyot yo‘liga 
yo‘naltirish kerak. Global maqsadlar aynan shu vazifalarning 
yechimini 2030-yilga qadar topishni nazarda tutadi. 
 
Mavzu bo‘yicha savollar 
 
1. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” nimalarni o‘zida 
qamrab olgan edi?
2. Inson huquqlarining umumiy tamoyillarini sanab bering? Siz unga 
nimalarni qo‘sha olasiz?
3. “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” va 
“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” 
qabul qilinishiga nimalar turtki berdi?
4. Mingyillik rivojlanish maqsadlari nimalarni o‘z ichiga oladi?
5. Mingyillik rivojlanish maqsadlari monitoringini amalga oshirish 
uchun qanday ko‘rsatkichlar va vazifalar belgilangan?
6. Global va milliy mingyillik rivojlanish maqsadlarining 


52 
ustuvorliklari, chaqiriqlari va imkoniyatlari haqida yana nimalarni 
bilasiz?
7. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (17 ta maqsadlar) 
sanab bering?
8. Qashshoqlikni yo‘q qilish uchun xalqaro tajribalardan qaysi 
mamlakat strategiyasini qo‘llab-quvvatlaysiz?

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling