O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qalandar abduraxmonov, Samandar qurbonov


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/112
Sana05.05.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1429095
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
Bog'liq
П INSON TARAQQIYOTI 2 тахрир булди

Asosiy dasturlar. Ona va bola salomatligini saqlash, Ilk bolalik 
davridagi rivojlanish va sifatli asosiy ta’lim, Bola himoyasi, Oilalar va 
jamoalar rolini oshirish, Oilaviy ta’lim, Mahalliy salohiyatni 
kuchaytirish, OIV/OITS va yoshlar, Favqulodda sharoitlarga 
tayyorgarlik. 
 
5.5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va 
jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va uning faoliyat sohalari 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik 
bo‘yicha boshqarmasi YUNODK (UNODC – United Nations Office 
on Drugs and Crime) noqonuniy giyohvand moddalar va xalqaro 
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida global peshqadam hamda 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorchilik bo‘yicha yetakchi 
dasturi hisoblanadi. YUNODK 1997-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 
dunyoning turli mamlakatlarida ishlayotgan taxminan 500 nafar 
xodimga ega. Uning bosh qarorgohi Venada joylashgan, tarkibiga 
joylardagi 21 bo‘lim, shuningdek, Nyu-Yorkdagi aloqa byurosi va 
Bryusseldagi doimiy vakolatxonasi kiradi. 
Joylardagi xodimlar hukumatlar va nodavlat tashkilotlar bilan 
hamkorlikda giyohvand moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikning 
oldini olish sohasida yordam ko‘rsatilayotgan mamlakatlarga ehtiyoj-
lariga mos dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirmoqda. 
Asosiy faoliyat sohalari:
Giyohvand moddalarga qarshi kurash va huquqni muhofaza 
qilish faoliyati: YuNODK giyohvand moddalar ustidan nazorat 
to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani samarali amalga oshirish orqali 


60 
giyohvand moddalarni nazorat qilish uchun tegishli amaliy huquqiy va 
institutsional asoslarni o‘rnatish borasida ish yuritadi. 
Giyohvand moddalarni suiiste’mol qilishning oldini olish, 
davolash va ta’siriga berilishni reabilitatsiya qilish: YuNODK ko‘pin-
cha hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan giyohvand 
moddalarni suiiste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan qator 
loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, tashkilot giyohvand-
likka berilganlarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or 
tajribalarga oid materiallarni ham chop etadi. 
Tirikchilik uchun barqaror vositalar manbalari: dunyoda 
yetishtiriladigan kokainning katta qismi uch mamlakat – Boliviya, 
Kolumbiya va Peruda, qoradorining katta qismi esa Afg‘oniston
va Myanmada yetishtiriladi. YuNODK ushbu mamlakatlar bilan
fermerlar va giyohvand moddalarni yetishtirishga daxldor boshqa
shaxslar tirikchilik qilishining muqobil barqaror manbalarini rivoj-
lantirish maqsadida hamkorlik qiladi. 
Tadqiqotlar va tahlillar: giyohvand moddalar to‘g‘risidagi yillik 
butun jahon ma’ruzasi noqonuniy giyohvand moddalar sohasidagi 
tendenstiyalarning keng qamrovli sharhlaridan biridir. YuNODK
giyohvand moddalar va jinoyatchilikka oid qator tadqiqotlar hamda 
ma’ruzalarni tayyorlaydi. Shuningdek, boshqarma narkotiklar ishlab 
chiqaradigan mamlakatlarda yetishtiriladigan tarkibida giyohvand 
moddalar bo‘lgan ekinlarni har yili tadqiq qiladi. 
Odam savdosi: ma’lumotlarni to‘plash, baholash va texnik
hamkorlik ushbu sohada YuNODK faoliyatining asosiy tarkibiy 
qismlari hisoblanadi. Tashkilot vaziyatni baholashga asoslangan 
hamkorlik dasturlarini amalga oshirish orqali odamlar savdosining 
kelib chiqishi, tranziti 
va 
uning jabrdiydalarini 
aniqlashda 
mamlakatlarga yordam beradi. 
Terrorchilik: YuNODK ushbu sohada Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining yetakchi dasturi hisoblanadi. Uning asosiy tezkor 
faoliyati terrorchilikka qarshi kurashning huquqiy uslublarini 
mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu maqsadga asosan tashkilotga a’zo 
davlatlarga qonuniy va texnik yordam ko‘rsatish orqali erishiladi. 
Nopok pul mablag‘larini qonuniylashtirish: YuNODK nopok
pul mablag‘larini qonuniylashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan 
siyosatni ishlab chiqishni rag‘batlantiradi, yuzaga keladigan muam-


61 
molar va qarshi javob qaytarish choralarini kuzatib boradi hamda tahlil 
qiladi, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda nopok yo‘llar bilan 
topilgan pul mablag‘larini qonuniylashtirishga qarshi
kurashishga oid tashabbuslarni amalga oshirishni muvofiqlashtiradi. 
Korrupsiya: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga 
qarshi konvensiyasi 2005-yil 14-dekabrda kuchga kirgan. Uni amalga 
oshirish masalalari esa YuNODK shafeligida ko‘rib chiqiladi. 
YuNODK tashkilotga a’zo davlatlarga tegishli qonunchilikni qabul 
qilish va aktivlarni qaytarish masalalarida texnik yordam ko‘rsatish 
orqali Konvensiyani amalga oshirishda ko‘maklashadi. 
Uyushgan jinoyatchilik: YuNODK qator mamlakatlarda 
uyushgan jinoyatchilikka yanada muvaffaqiyatli qarshi turish uchun 
jinoiy odil sudlov tizimi xodimlarini tayyorlash bilan shug‘ul-
lanmoqda. Bundan tashqari, boshqarma transchegara axborot alma-
shuvini kengaytirib, uyushgan jinoyatchilik sohasidagi yo‘nalishlarni 
baholaydi va tahlil qiladi. 
OIV/OITS: giyohvand moddalarni inyeksiya yo‘li bilan iste’mol 
qilish OIV bilan zararlanish o‘rtasidagi bog’liqlik OIV/OITS 
muammosini yuzaga keltirishi sababli YuNODKni ko‘proq tashvishga 
solmoqda. Boshqarma o‘z sa’y-harakatlarini MDH, Markaziy Osiyo, 
Sharqiy Osiyo davlatlari, Tinch okeani hududi, shuningdek, Lotin 
Amerikasining janubidagi mintaqalarga qaratmoqda. YuNODK 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha birlashgan 
dasturining (YuNEYDS) homiy muassasalaridan biri hisoblanadi. 
Axborot-ma’rifiy ishlar/sheriklik munosabatlari: Boshqarma 
giyohvand moddalar, OIV/OITS, korrupsiya va odamlar savdosi kabi 
mavzular bo‘yicha axborot va ma’rifiy materiallar tayyorlaydi. 
YuNODK, shuningdek, butun dunyoda nodavlat tashkilotlar va 
fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari bilan yaqin hamkorlik qiladi. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling