76
- mehnat salohiyati – barcha sifat xususiyatlari jamlanmasi sifatida
qaraladigan ish kuchi;
- inson omili – sifat xususiyatlari jamlanmasi sifatida qaraladigan,
amal etayotgan ish kuchi;
- inson kapitali – inson tomonidan ne’matlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan
qobiliyat va sifatlar
zahirasining jamlanmasi.
Qisqacha xulosa
Iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha,
bir omilli modeli ingliz
iqtisodchisi Roy Harrod va amerikalik iqtisodchi Evsey Domar
tomonidan taklif etilgan. Uni odatda
Harrod-Domar modeli deb
atashadi. Bu modelda kapital iqtisodiy o‘sishning yagona omili sifatida
hisobga olinadi. Mazkur omil go‘yoki o‘zida barcha boshqa omillar
amal etishini sintez qiladi. Bunda
barcha omillar ishtirok etishi,
talabning ortishi taklifning ortishiga tengligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy
o‘sish to‘liq bandlik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish
darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy
o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy
va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish yalpi
ichki mahsulot (YaIM) ijobiy dinamikasi asosida milliy ishlab
chiqarish real hajmining uzoq muddatli o‘zgarishidir.
Milliy ishlab
chiqarish real hajmining barqaror o‘sishi esa iqtisodiyot tarmoqlari
rivojlanganligi darajasiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: