O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
CHAPTER VIII. NATIONAL CALCULATION OF “EXTERNAL
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHAPTER IX. DYNAMICS OF EXTERNAL TRADE AND STRUCTURE ANALYSIS…………………………………………………..
- USED LITERATURE………………………………………………………..
- KIRISH
CHAPTER VIII. NATIONAL CALCULATION OF “EXTERNAL
WORLD” SECTION………………………………………………………... 8.1. “External World” section and its responsibilities………………………… 8.2. Annual calculation of operation activities………………………………... 8.3. Capital expenditure calculation…………………………………………... 8.4. Fiscal accounting and its main index…………………………………….. Summary…………………………………………………………………........ Questions for discussion…………………………………………………........ Used Literature……………………………………………………………….. CHAPTER IX. DYNAMICS OF EXTERNAL TRADE AND STRUCTURE ANALYSIS………………………………………………….. 9.1. Statistical methods of External trade…………………………………….. 9.2. Dynamics of Commodity circulation…………………………………….. 9.3. Structure analysis of External trade…………………………………....... Summary…………………………………………………………………....... Questions for discussion…………………………………………………....... Used Literature……………………………………………………………….. USED LITERATURE……………………………………………………….. 67 69 69 70 71 71 72 77 82 83 84 84 84 85 85 86 88 89 89 90 91 91 93 94 95 97 97 97 98 98 100 106 112 112 112 119 9 KIRISH O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng iqtisodiyotni ma’muriy boshqarishdan bozor munosabatlari asosidagi boshqaruvga o‘tkazish asosiy vazifa bo‘lib qoldi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv zarurat edi. Bozor iqtisodiyoti – umumbashariy hodisa bo‘lib, jahon sivilizasiyasi rivojlanishi yo‘lidagi muqarrar bosqichdir. Tartibli asosda qurilgan bozor xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Faqat bozor munosabatlarigina respublika ishlab chiqaruvchi kuchlari zaminidagi ulkan imkoniyatlardan biri bo’lib, u xalq baxt-saodati yo‘lida aholining turmush darajasini oshirish maqsadida samarali foydalanishni ta’minlashi mumkin. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov 2006 yil 10 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida: “Beshinchi ustuvor yo‘nalish eksportni har tomonlama rag‘batlantirish va valyuta zaxiralarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat” 1 – deb tashqi faoliyatni, jumladan tashqi savdoni yanada rivojlantirish hozirgi kunda naqadar dolzarb masala ekanini yana bir bor eslatib o‘tdi. O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishda davlat statistika organlarining roli katta. Hozirgi kunda O‘zbekistonda amal qilinayotgan statistika va hisobot tizimi iqtisodiyotni ma’muriy buyruqbozlik bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo‘lib, markazlashgan rejalashtirish metodologiyasiga va yalpi statistik kuzatishga asoslangan edi. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi vazirliklar va ma’muriyatlarni boshqarish zaruriyatidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, bozor munosabatlari talablariga javob bera olmas edi. Amaldagi hisobot va statistika tizimi jahon talablari darajasida emas, bu o‘z navbatida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishi hamda xalqaro hamjamiyatlar bilan birikishida to‘sqinlik qilar edi. Bozor munosabatlari sharoitida statistika sohasidagi yangi muammolarni hal etish uning nazariy asosini qayta ko‘rib chiqishni, mavjud statistika amaliyotida keskin o‘zgarishlar bo‘lishini talab etadi. Mamlakatimizdagi ko‘plab korxona va tashkilotlarning tashqi bozorga chiqishi hamda ularda faoliyat ko‘rsata oladigan tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha mutaxassislarning zarurligi iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida «Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi» fani o‘qitilishini taqozo etadi. Korxona va tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyati ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega. 1 Каримов И.А. Эришилган ютуқларни мустаҳкамлаб, янги марралар сари изчил ҳаракат қилишимиз лозим. – Халқ сўзи, 2006 йил 11 феврал. 10 Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan sharoitda korxona va tashkilotlar bevosita chet elga chiqa olmas edilar. Buning natijasida yangi sharoitda chet el iqtisodiyotini mukammal biladigan iqtisodchi – mutaxassislarga jiddiy ehtiyoj sezildi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi» fanini o‘rganish, talabalardan o‘qish jarayonida statistika nazariyasi, makroiqtisodiy statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy nazariya va boshqa fanlarni chuqur va mukammal bilishlarini taqozo etadi. Har bir bob bo‘yicha qisqacha xulosalar, tayanch iboralar, talabalar bilimini nazorat qilish savollari va adabiyotlar ro‘yxati bayon etilgan bo‘lib, ular ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘qituvchi hamda talabalarga qo‘l keladi deb o‘ylaymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling