O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


 Ish faoliyatlarning xalqaro tasnifi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

 
3.2. Ish faoliyatlarning xalqaro tasnifi 
Ish faoliyatlarining xalqaro tasnifi BMT ning xalqaro mehnat tashkiloti 
tomonidan olib borilgan ko‘p yillik izlanishlar natijasi bo‘lib, 1993 yili to‘ldirilgan 
yangi tahrirda e’lon qilindi. Xalqaro faoliyatlar standart tasniflari asosiga «Faoliyat 
turi belgisi» asos qilib olindi. Faoliyatlar xalqaro standart tasnifning asosiy amal 
qiluvchi guruhlari quyidagilardir: 
1. Boshqaruv va ma’muriy xodimlar. 
2. Intellektual va ilmiy xodimlar. 
3. Oraliq kasblar (tehniklar, operatorlar, kichik tibbiyot xodimlari, diniy 
muassasalar xodimlari). 
4. Ma’muriy personal (Sekretarlar, g‘aznachilar, devonxona xodimlari, xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar). 
5. Savdo xodimlari. 
6. Qishloq xo‘jaligi xodimlari, baliqchilar, o‘rmonchilar. 
7. Hunarmandlar va yordamchi xodimlar (quruvchilar, shaxtyorlar va 
hokazolar). 
8. Mashina va uskunalar operatorlari. 
9. Malakasiz xodimlar (qarovullar, yuk tashuvchilar, ko‘chada savdo qiluvchilar 
va x.k.). 
10. Harbiylar. 


29 
Yuqoridagi yiriklashtirilgan guruhlardan 2-darajali 84 ta guruh, 3-darajali 384ta 
kichik guruhchalar va 1506 ta mayda guruhchalar 5500 ta faoliyat turlarini o‘z ichiga 
qamrab oladi. Ushbu guruhlarni tuzishda ayrim noaniqliklar mavjud. Masalan, 
buxgalterlar 1-guruhga, hisobchilar 4-guruhga kiritilgan va shunga o‘xshash 
noaniqliklar uchrab turadi. Shu sababli ushbu tasnif ham bir qancha o‘zgartirishlar 
kiritishga muhtoj. Ushbu tasnifni amalga oshirishda aqliy va jismoniy kasb vakillarini 
ajratish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi 
xodimlar guruhida fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalarini boshqaruvchilar bir 
guruhga birlashtirilganlar. Bu ham bizning fikrimizga to‘g‘ri emas. Shunga o‘xshash 
ayrim noaniqliklar boshqa guruhlarda ham mavjud. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling