O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

 
Qisqacha xulosalar 
TIF statistikasida qo‘llaniladigan eng muhim tasniflar va guruhlashlar 
quyidagilar: 
1) Iqtisodiy faoliyat tarmoqlarining xalqaro tasnifi. 
2) Ish faoliyatlarining xalqaro tasnifi. 
3) Xalqaro savdo tasnifi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Iqtisodiy faoliyat tarmoqlarining xalqaro tasnifi. 
2. Iqtisodiy faoliyatlarning xalqaro tasnifi. 
3. Xalqaro savdo tasnifi. 
4. Xalqaro statistikada qo‘llaniladigan muhim tasnifilar hamda guruhlashlar. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1. Дубянская Г.Ю. Экономика – статистический анализ заработной платы 
в России. 1991-2000 гг. – М., 2003. 
2. Социально – экономическая статистика / Под ред. В.Н.Салина. 
Практикум. – М., 2004. 
3. Хартли Алик. Статистика / Первая книга. – М., 2004. 
4. Аюбжонов А.Ҳ. ТИФ статистикаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон, 
2004. 
5. europa.eu.int/comm/relays/index_en.htm 
6. www.cec.org.uk 
7. www.eurunion.org 
8. www.europarl.ie 


31 
IV bob. XALQARO AHOLI STATISTIKASI 
 
4.1. Chet ellarda aholi soni statistikasi. 
4.2. Aholining harakat ko‘rsatkichlari. 
4.3. Chet elda aholi tarkibini o‘rganish. 
4.4. Aholining kelajakdagi sonini aniqlash. 
4.1. 
Chet ellarda aholi soni statistikasi 
Har bir jamiyatda aholi to‘g‘risida to‘la va aniq ma’lumotlar iqtisodiy, ijtimoiy 
va madaniy taraqqiyotni rejalashtirishda asos qilib olinadi. Davlat rejalashtirish 
organlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari ishini to‘g‘ri tashkil qilish uchun jamiyat 
barcha a’zolarining o‘sib borayotgan talablarini inobatga olishlari zarur. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2005 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng 
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 
fevraldagi majlisida so‘zlagan “Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab ulkan marralar 
sari izchil harakat qilishimiz lozim” mavzusidagi ma’ruzasida O‘zbekiston 
iqtisodiyoti 2005 yilda yuz bergan sifat o‘zgarishlar qatorida iqtisodiyotning 
makroiqtisodiy 
balansliligini, 
umuman, 
iqtisodiy 
o‘sishning lokomativlariga 
aylanishi, demografik xususiyatlar, ish bilan ta’minlash, aholi daromadlarining 
ko‘payishi va hokazolar
1
bilan bog‘liq muammolarni hal etishi lozim bo‘lgan sohalar, 
tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish lozimligini ta’kidladi. Ushbu 
ijobiy yutuqlar demografik jarayonlarni jadal sur’atlar bilan ijobiy rivojlanishiga 
imkon yaratadi. 
Aholining soni, tarkibi va joylashishi to‘g‘risidagi aniq hamda mufassal 
ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib butun mamlakatning hamda ayrim viloyat, 
tuman va shaharlarning iqtisodiy hamda madaniy hayotini ilmiy jihatdan asoslangan 
joriy va kelgusi rejasini tuzish mumkin emas. 
Statistika aholini o‘rganishni uning sonini aniqlashdan boshlaydi. Vaqti-vaqti 
bilan o‘tkazilib turiladigan aholi ro‘yxati va aholining tabiiy o‘zgarishi va uning 
ko‘chib yurishi (migratsiyasi) aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar manbai hisoblanadi. 
Aholi hisobi doimo amalga oshiriladi. Inson tug‘ilgach, maxsus tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi va unga tug‘ilganlik hag‘ida guvohnoma beriladi. Bolalar 
bog‘chalari, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, muassasalarda, saylov mavsumida, harbiy 
xizmatga chaqirish davrlarida aholi hisobga olinadi. Binobarin, inson davlatning 
asosiy boyligi va asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Birorta davlat ham 
aholi ro‘yxatini o‘tkazmasdan turib, aholi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘la olmaydi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarish va rejalashtirish, aholiga har tomonlama 
xizmat ko‘rsatish uchun aholi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 
Binobarin, aholini ro‘yxatga olish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ish 
hisoblanadi. 
1
И.Каримов. Ўзбекистон Республикасининг 2005 йилдаги ижтимоий-иқтисодий ривожланиши натижалари 
ҳамда 2006 йилнинг асосий иқтисодий йўналишлари тўғрисида нутқи. 2006 йил 11 феврал. Халқ сўзи газетаси. 


32 
Aholi ro‘yxati – ilmiy asosda tashkil etilgan statistik faoliyat bo‘lib, uning 
maqsadi – aholi soni, tarkibi va joylashishi haqidagi ma’lumotlarni olishdan iborat. 
Aholini ro‘yxatga olishning o‘ziga xos birinchi xususiyati shundan iboratki bunda 
mamlakatning hamma hududi davlatning hamma aholisi, hech qanday cheklashlarga 
yo‘l qo‘ymay qamrab olinadi. 
Aholi ro‘yxatini o‘tkazishning ikkinchi xususiyati – aholi tarkibi haqidagi 
ma’lumotlarni olishdir. Demak, bunda aholi bo‘yicha qandaydir belgilarni aniqlab 
olish mumkin. Bular aholi ro‘yxatini o‘tkazish davrida qayd etilgan bo‘ladi. 
Ro‘yxatga olishning uchinchi xususiyati uni o‘tkazish dasturining hamma aholi 
uchun bir xil bo‘lishi hisoblanadi. Ammo barcha aholi haqida ma’lumotlarni biz har 
bir inson bo‘yicha olamiz, so‘ngra ularni guruh va guruhchalarga bo‘lib o‘rganamiz. 
Ro‘yxatga olishning to‘rtinchi xususiyati shundaki, unda ma’lumotlar individlar 
bo‘yicha alohida - alohida olinadi. 
Beshinchi xususiyati – ma’lumotlar hujjat yoki ro‘yxatlar bo‘yicha emas, balki 
shaxsning o‘zidan olinadi. 
Har bir alohida inson haqida ma’lumot bir xil savolnomalar bo‘yicha olinishi, 
markazlashtirish tamoyiliga rioya qilinishi aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning 
oltinchi xususiyati hisoblanadi. Bu tamoyil dasturning bir xilligini ta’minlash, undagi 
savol–javoblarni bir xil yo‘sinda tushuntirish, olingan ma’lumotlarga bir xil ishlov 
berish va bir xil jamlash imkoniyatini yaratadi. 
Ro‘yxat aholi haqida aniq ma’lumotlarni berishi lozim. Ro‘yxatga olishda 
ro‘yxatdan tushib qolgan yoki ikki marta hisobga olingan shaxslar bo‘lmasligi kerak. 
To‘liq hisob ro‘yxatga olinayotgan vaqt bilan chambarchas bog‘liq. Ro‘yxatga olish 
o‘tkazilayotgan vaqtda qaerda bo‘lishiga qarab, aholini doimiy yashaydigan va 
mavjud aholiga ajratiladi. Aholi yashaydigan har bir hudud aholisi shu erda doimo 
yashaydigan va vaqtincha yashaydigan aholidan tashkil topadi. Mavjud aholiga shu 
hududda doimo yashayotgan, lekin ro‘yxatga olish o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa 
hududda bo‘lgan, ya’ni u erda vaqtincha yashayotgan kishilar ham kiritiladi. 
Demak, yashash joyida vaqtincha yo‘q bo‘lganlar boshqa hududda olti oydan 
uzoq yashashi mumkin emas. Boshqa hududda olti oydan ortiq yashayotganlar 
doimiy aholisi tarkibiga kiritiladi. Tegishli hududda rasman olti oydan ortiq yo‘q 
bo‘lganlar, umuman, ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ro‘yxatga olishda talabalar, 
o‘quvchilar, harbiy xizmatga chaqirilganlar, ozodlikdan mahrum etilganlar bu 
shartlardan istesno etiladi. 
Binobarin, doimiy yashayotgan joyida vaqtincha yo‘q bo‘lganlar ikki marta: 
doimiy yashaydigan joyida vaqtincha yo‘q bo‘lganlar hisobida, ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan joyda esa mavjud aholi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, lekin vaqtincha 
yashayotganlar hisobida e’tiborga olinmaydi. Barcha aholining ikki toifasi hisobga 
olinadi, chunki har bir shaxs ham mavjud aholiga, ham doimiy aholi toifasiga 
kiritiladi. Bu aholi hisobini ikki variantda tekshirish imkoniyatini yaratadi: mavjud va 
doimiy variantlarda. Bu ikki toifani hisobga olish hisobning aniqlik darajasini 
oshiradi, ayrim shaxslarning hisobdan tushib qolish hollarini kamaytiradi. 
Mavjud va doimiy aholi hisobga olinayotgan mamlakatlarda, bu ikki son 
orasidagi farqdan ro‘yxat olishni ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi. 
Odatda, doimiy aholi soni mavjud aholi soniga nisbatan kam bo‘ladi. 


33 
Aholini ikki marta hisobga olish turli maqsadlar uchun qo‘llaniladi. Boshqarish 
va rejalashtirish uchun bu boradagi ikkala ko‘rsatkichdan ham foydalaniladi: savdo 
tarkibi va umumiy ovqatlanish sohasini rejalashtirish uchun mavjud aholi soni 
e’tiborga olinadi. Uy-joy, kommunal xizmati va xalq ta’limi muassasalari ishini 
rejalashtirishda esa doimiy aholi soni aniqlanadi. Bu ikki ko‘rsatkich orasida 
quyidagicha bog‘lanish mavjud: 
DA MA – VYa + VY; 
MA DA + VYa - VY. 
Bu ikkala ko‘rsatkichga aniqlik kiritish maqsadida ro‘yxatga olish vaqtida 
tekshiruv blankasi tuziladi va unda so‘roq varaqasi dasturi to‘liq qaytariladi. Bir 
vaqtning o‘zida ro‘yxatga olinuvchining doimiy yashaydigan joyi ko‘rsatiladi. 
Tekshiruv blankasi faqat tekshiruv maqsadini ko‘zlaydi. Tekshiruv vaqtida muayyan 
shaxs doimiy yashaydigan joyida ro‘yxatdan to‘g‘ri o‘tkazilgan bo‘lsa, tekshiruv 
blankasi yo‘qotiladi. Agar tekshiruv blankasi doimiy aholi hisobga olinmaganini 
ko‘rsatsa, u holda ma’lumotlar haqida tanlash imkonini yaratadi. 
Avval hisobga olish ro‘yxatda mavjud va doimiy aholidan tashqari yuridik aholi 
ham hisobga olingan. Yuridik aholi – shu joyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki qayta 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan aholi hisoblanadi. Lekin ba’zi hollarda doimiy va yuridik 
aholi o‘rtasidagi farq yo‘q bo‘lib ketadi, chunki ularning doimiy yashash joyini 
aniqlash ancha qiyin bo‘lib qoladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling